Ukraina samolyoti qulagan joyda qutqaruvchilar ishlamoqda - video

Obuna bo‘lish
Tehron xalqaro aeroporti yaqinida, Ukrainaning Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti qulagan joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Eng so‘nggi ma’ulmotlarga ko‘ra fojeada 179 kishi qurbon bo‘lgan.

Bugung tongda Tehron aeroportidan osmonga ko‘tarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti bir necha daqiqadan so‘ng halokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan 170 nafar yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zolari qurbon bo‘lishdi. 

Ayni damda Ukraina prokuraturasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘agan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra fojeaga samolyot dvigatelining yonib ketishi sabab bo‘lgan. 

Fojea sodir bo‘lgan damda voqea joyiga Eron Qizil yarim oy jamiyati vakilllari ham da qutqaruv xizmatlari yetib kelishgan. Shu damda olingan xabarlarga ko‘ra, samolyotning barcha "qora qutilari" topilgan. Fojeaning aniq sababi mutaxassislar tomonidan barcha ma’lumotlar tahlil qilganidan keyin rasman e’lon qilinadi. 

O‘zbekiston, Rossiya va boshqa davlat rahbarlari Ukraina hamda Eron prezidentlariga o‘z hamdardliklarini bildirishdi. 

Yangiliklar lentasi
0