Dunyoda

"AQSH harakatlari hatto hayratlanarli". "Turk oqimi" ochilishi haqida siyosatshunos

Federatsiya Kengashida “Turk oqimi” gaz quvurining ishga tushirilishini Rossiya iqtisodiyoti va diplomatiyasida yutuq deb atashdi.

Federatsiya Kengashida “Turk oqimi” gaz quvurining ishga tushirilishini Rossiya iqtisodiyoti va diplomatiyasida yutuq deb atashdi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Yevgeniy Ben, AQSH Rossiyadan Yevropaga gaz quvurlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun koʻp va mashaqqatli harakatlarni amalga oshirganini eslatib oʻtdi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Turetskuyu Respubliku - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin va Erdoʻgʻon “Turk oqimi”ni ishga tushirishdi

"Turk oqimi" gaz quvurining ishga tushirilishi Rossiya iqtisodiyoti va diplomatiya sohasidagi yutuqdir, Nation News Federatsiya Kengashi Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi aʼzosi Frants Klintsevichning soʻzlarini keltiradi.

Klintsevichning soʻzlariga koʻra, gaz quvurining ishga tushirilishi siyosiy nuqtai-nazardan juda katta ahamiyatga ega, ammo "loyiha faqat iqtisodiydir".

“"Turk oqimi" bu yil ishga tushirilgan soʻnggi gaz quvuri emas. “Shimoliy oqim-2” ham boʻladi, va hayot shuni koʻrsatadiki, amerikaliklar bu loyihalarga toʻsqinlik qilishda muvaffaqiyat qozona olmayapti, Rossiya esa, garchi u hozircha hukmronlik qilmasa ham, soʻnggi besh yil ichida AQSH bizga nisbatan shiddat bilan axborot urushlari olib borishiga qaramay, ancha kuchli obroʻga ega boʻldi", - dedi senator.

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdoʻgʻon chorshanba kuni Istambulda “Turk oqimi”ni rasmiy ravishda ochdilar. Marosimda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov ishtirok etdi.

Sputnik radiosida jurnalist, siyosatshunos, Moskva siyosiy fanlar klubining rahbari Yevgeniy Ben gaz quvurining ochilishini muhim muvaffaqiyat deb atadi.

Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiya "Shimoliy oqim-2" ni oʻz kuchlari bilan yakunlaydi, deya ishonadi ekspert

"AQShning “Turk oqimi” va “Shimoliy oqim-2”larga bosim oʻtkazishga urinishlari baʼzi jihatdan ajablanarli. AQSH oʻz maqsadlariga erishish uchun misli koʻrilmagan iqtisodiy taziyqlardan tortinmaydi ham. Amerika Qoʻshma Shtatlari Yevropaga gaz yetkazib berishda Amerikaning ustunligi erishishga qaratilgan qonunlarni qabul qilmoqda va Amerika suyultirilgan gazining raqobatchilarini quvib chiqarish istagi ochiq aytishdan ham toyishmayapti... Shunday boʻlsa ham Rossiya gazi Turkiya orqali Yevropaga yetib bordi: "Turk oqimi"- bu juda jiddiy, printsipial muvaffaqiyat”, - dedi Yevgeniy Ben.

“Turk oqimi” ikkita liniyadan iborat boʻlib, ularning har biri sigʻimi 15,75 milliard kubometrni tashkil etadi. Birinchisi Rossiya gazini Turkiyadagi isteʼmolchilarga, ikkinchisi - Janubiy va Janubiy-Sharqiy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishga moʻljallangan.

AQSH prezidenti Donald Tramp “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” quvurlariga qarshi sanktsiyalarni nazarda tutadigan mudofaa byudjetini 2020 yil dekabr oyida imzoladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari bu quvurlarni qoʻyishda ishtirok etgan kompaniyalardan zudlik bilan qurilishni toʻxtatishni talab qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala