"Aeroflot" Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga veteranlarga chiptalarni bepul tarqatadi

Bayramona bepul chiptalarni 2020 yilning 14 aprelidan boshlab 12 may sanasiga qadar rasmiylashtirish mumkin. Parvoz 3-12 may oraliqlarida amalga oshishi kerak. Aviachipta amal qilish muddati bir oyni tashkil qiladi.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Ulugʻ Vatan urushi veteranlari va nogironlari Gʻalaba kuni nishonlanayotgan sanalarda "Aeroflot" aviakompaniyasidan bepul aviachipta olishlari mumkin. luchit Bu haqda Rossiya milliy tashuvchisi oʻz saytida xabar bergan.

Boyatsya vashey pravdы - Putin ob ugrozax vlastey Estonii v adres sotrudnikov Sputnik Estoniya - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin MDH davlati yetakchilariga Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr sirini ochdi

Chiptalar RF, MDH mamlakatlari, Boltiqboʻyi davlatlari, Gruziyada yoki shu davlatlarning birida doimiy yashovchi Ulugʻ Vatan urushi veteranlari va nogirolariga taqdim etiladi. Shuningdek, kontslager, getto va boshqa majburan ushlab turiladigan joylarda saqlangan sobiq voyaga yetmagan asirlarga ham beriladi.

Veteranlarga "ekonom" klassda bepul parvozni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Agar roʻyxatga olish yakuni boʻyicha reysda boʻsh joylar qolsa, veteranlar yuqoriroq klassga oʻtkazishlari mumkin boʻladi.

Sobiq Ittifoq qahramonlari, Slava ordeni kavalerlari "komfort" yoki "biznes" klasslarda parvozni rasmiylashtirishlari mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, barcha veteranlarga "ekonom" klassda hamroh shaxs uchun bepul chipta olishlariga ruxsat beriladi.

Aktsiya yoʻnalishi - Rossiya boʻyicha barcha ichki reyslar, shuningdek, MDH davlatlari va Boltiq boʻyi mamlakatlari yoʻnalishlarini qamrab oladi. Bundan tashqari, veteranlar Yevropa mamlakatlari (Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Polsha, Rumыniya, Serbiya, Xorvatiya, Avstriya, Chexiya)ga borishlari mumkin boʻladi.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi

"Joriy aktsiya boʻyicha yoʻlovchilarni tashish 2020 yilning 3 may sanasidan 12 may sanasiga qadar davom etadi. Chiptalarni 2020 yilning 14 aprel sanasidan 12 may sanasiga qadar rasmiylashtirish zarur boʻladi. Aktsiya doirasida berilgan aviachipta amal qilish muddati - bir oy", - deya tushuntirishdi aviakompaniya matbuot-xizmatida.

Aktsiya "Aeroflot" tijoriy boshqaruvida boʻlgan "Rossiya" aviakompaniyasi reyslariga joriy etiladi, ammo boshqa tashuvchilar bilan tuzilgan "kod-shering" kelishuviga tatbiq etilmaydi.

"Aeroflot" eng birinchi boʻlib Rossiya aviatashuvchilari orasida veteranlar uchun oʻz reyslariga bepul chipta taqdim etishni boshlagan. Aktsiya yigirmanchi marotaba oʻtkazilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, 2001 yildan boshlab bepul chiptalardan 90 ming nafardan ortiq veteranlar foydalanishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala