Siyosat

Xitoy AQSH va Eronni muzokaraga chaqirdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishAktsii protesta za demokratizatsiyu vыborov v Gonkonge
Aktsii protesta za demokratizatsiyu vыborov v Gonkonge - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy TIV rasmiy vakili barcha tomonlarni muammoni hal etishda siyosiy vektorga amal qilishga va Yaqin Sharq hamda Fors koʻrfazidagi ziddiylashuvni pasaytirish uchun real choralar koʻrishga chaqirmoqda

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Xitoy Eron va AQShni muloqot va muzokaralar yordamida mavjud qarama-qarshiliklarga yechim topishga chorlamoqda, deb maʼlum qildi payshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan, AQSH prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi yangi iqtisodiy sanktsiyalar kiritish toʻgʻrisidagi bayonotiga izoh berar ekan.

AQSH va Eron munosabatlari yanvar oyi boshida amerika tomonidan tashkillashtirilgan maxsus operatsiya oqibatida Iroqda eron generali Kasem Sulaymoniyning halokatidan soʻng yanada oʻtkir tus oldi. Eron javoban Iroqdagi AQSH armiyasi harbiy kontingenti joylashgan bazalar boʻylab raketa zarbalarini amalga oshirdi.

Vashington maʼlumotlariga koʻra, AQSH fuqarolaridan hech kim jabrlanmagan. Zarbadan soʻng Vashington yangi sanktsiyalar kiritish bilan cheklanishini maʼlum qildi.

"Xitoy hamisha xalqaro nizolar BMT Nizomi va xalqaro masalalarning asosiy tamoyillari asosida hal etilishi tarafdori boʻlib kelgan. Mavjud oʻzaro qarama-qarshiliklarni muloqot, muzokaralar va boshqa tinch yoʻllar bilan hal etmoq joiz", - deb bayonot qilgan brifingda Gen Shuan.

U barcha tomonlarni muammoni hal etishda siyosiy vektorga amal qilishga va Yaqin Sharq hamda Fors koʻrfazidagi ziddiylashuvni pasaytirish uchun real choralar koʻrishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala