Xitoy AQSh va Eronni muzokaraga chaqirdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishAksii protesta za demokratizatsiyu viborov v Gonkonge
Aksii protesta za demokratizatsiyu viborov v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy TIV rasmiy vakili barcha tomonlarni muammoni hal etishda siyosiy vektorga amal qilishga va Yaqin Sharq hamda Fors ko‘rfazidagi ziddiylashuvni pasaytirish uchun real choralar ko‘rishga chaqirmoqda

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Xitoy Eron va AQShni muloqot va muzokaralar yordamida mavjud qarama-qarshiliklarga yechim topishga chorlamoqda, deb ma’lum qildi payshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan, AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berar ekan.

AQSh va Eron munosabatlari yanvar oyi boshida amerika tomonidan tashkillashtirilgan maxsus operatsiya oqibatida Iroqda eron generali Kasem Sulaymoniyning halokatidan so‘ng yanada o‘tkir tus oldi. Eron javoban Iroqdagi AQSh armiyasi harbiy kontingenti joylashgan bazalar bo‘ylab raketa zarbalarini amalga oshirdi.

Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh fuqarolaridan hech kim jabrlanmagan. Zarbadan so‘ng Vashington yangi sanksiyalar kiritish bilan cheklanishini ma’lum qildi.

"Xitoy hamisha xalqaro nizolar BMT Nizomi va xalqaro masalalarning asosiy tamoyillari asosida hal etilishi tarafdori bo‘lib kelgan. Mavjud o‘zaro qarama-qarshiliklarni muloqot, muzokaralar va boshqa tinch yo‘llar bilan hal etmoq joiz", - deb bayonot qilgan brifingda Gen Shuan.

U barcha tomonlarni muammoni hal etishda siyosiy vektorga amal qilishga va Yaqin Sharq hamda Fors ko‘rfazidagi ziddiylashuvni pasaytirish uchun real choralar ko‘rishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0