Jamiyat

Xitoyda pnevmoniya avj olishining sabablari maʼlum qilindi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishProbirki v ximicheskoy laboratorii
Probirki v ximicheskoy laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Dekabr oyining oxirida Xitoy hukumati Uxanda kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan pnevmoniya kasalligi tarqalgani haqida xabar bergan edi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Xubey viloyatining Uxan shahrida kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan pnevmoniya (zotiljam)ning avj olishiga yangi virus turi sabab boʻlgan, deya xabar beradi RIA Novosti Xitoy Markaziy televideniyesi maʼlumotlariga tayangan holda.

“7 yanvar kuni soat 21: 00 holatiga koʻra <...> nuklein kislotasi usuli bilan sinovlardan oʻtkazilgandan soʻng, yangi turdagi koronavirus bilan kasallanishning tasdiqlangan 15 holati aniqlandi”, - deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Provedeniye issledovaniya v laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoyda nomaʼlum kasallik tez surʼatlarda tarqalmoqda

Mutaxassislar qoʻshimcha ravishda epidemiologik tekshirish va kasallikning klinik koʻrinishini oʻrganish zarurligini taʼkidlashgan.

Dekabr oyining oxirida hukumat Uxanda kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan pnevmoniya kasalligi tarqalgani haqida xabar bergan edi. 5 yanvar holatiga, shaharda virusli pnevmoniyaning 59 holati aniqlangan, yetti kishi ogʻir ahvolda. Shifokorlar nazorati ostida bemorlar bilan yaqin aloqada boʻlgan 163 kishi qolmoqda.

Baʼzi bemorlar mahalliy dengiz mahsulotlari bozorida ishlaganlar. Hozirgi vaqtda kasallikning odamdan odamga yuqishi aniq belgilari yoʻq, oʻlish holatlari qayd etilmadi.

Koronaviruslar - ikki guruhga birlashgan 30 dan ortiq viruslardan iborat oiladir. Ular birinchi marta 1965 yilda ajratib olingan. U odamlarga, uy hayvonlariga, qushlarga, choʻchqalarga, qoramollarga zarar yetkazadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala