Dunyoda

Pushkov: AQShning Eron bilan urushi Trampni “dafn etgan boʻlardi”

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishRossiyskiy senator Aleksey Pushkov
Rossiyskiy senator Aleksey Pushkov - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH prezidenti Eronning Amerika bazalariga uyushtirgan hujumi yuzasidan xalqqa murojaat qilib, Vashington bunga javob Eronga nisbatan yangi sanktsiyalar kiritish bilan cheklanishi va maksimal taʼsir koʻrsatish siyosatini davom ettirishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiya senatori Aleksey Pushkov AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan faqat yangi sanktsiyalar joriy etish bilan cheklanib, toʻgʻri yoʻl tutdi deb hisoblaydi.

Amerika yetakchisi 8 yanvar kuni Eronning Amerika bazalariga uyushtirgan hujumi yuzasidan xalqqa murojaat qildi. U Vashington bunga javob Eronga nisbatan yangi sanktsiyalar kiritish bilan cheklanishi va maksimal taʼsir koʻrsatish siyosatini davom ettirishini maʼlum qildi.

V Irane prazdnuyut godovщinu islamskoy revolyutsii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron general Sulaymon oʻlimi uchun AQShga javob qaytardi

“Hech bir respublikachi, jumladan, “qirgʻiylar” (qirgʻiylar – muammoni kuch bilan hal qilish va qattiq siyosat tarafdorlari – tahr.), Trampdan Eronning bazalarga zarbasi uchun harbiy munosabatni talab qilmadi. Eron bilan urush AQShda mashhur emas va agar Tramp bunga jazm etganda, uni dafn etgan boʻlishi mumkin edi. Oʻz tahdidlaridan voz kechib, u toʻgʻri yoʻl tutdi. Lekin Iroqda qolish AQSH uchun mushkulroq boʻladi”, - deya Pushkov soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Sakkizinchi yanvarga oʻtar kechasi Eron general Sulaymoniyning oʻldirilishiga javoban AQSH bazalariga raketa zarbalarini amalga oshirdi. Raketalar Erondan AQSH harbiylari joylashgan Iroq gʻarbidagi Eyn-al-Asad va Erbildagi bazalar tomon uchirildi.

Vashington maʼlumotlariga qaraganda, hujum oqibatida AQSH fuqarolaridan hech kim zarar koʻrmagan, moddiy zarar yetkazilgan, xolos.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala