Dunyoda

Qozogʻistonlik ayol mandarin ichidan tabletkalarni topdi

© Sputnik / Ilona XvartskiyaSbor urojaya mandarinov v Gulrыpshe
Sbor urojaya mandarinov v Gulrыpshe - Sputnik Oʻzbekiston
Shimoliy-Qozogʻiston viloyatida mandarin ichidan oq rangda tabletka topib olinishi holati yuzasidan tekshiruv boshlandi.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Shimoliy-Qozogʻiston viloyatida ayol kishi mandarin ichidan tabletkalarni topib oldi. Huquq tartibot organ xodimlari ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshladi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston.

Mandarinы na sklade  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mandarin ichidan tabletka chiqdi: haqiqatmi yoki feyk?

Viloyat politsiya departamenti maʼlum qilishicha, 8 yanvar kuni Tayinshin tumani politsiya boʻlimining navbatchilik qismiga Qoragash qishlogʻi felsheridan qoʻngʻiroq boʻldi. Bu haqda tarmoqda video tarqaldi.

“Qishloqda istiqomat qiluvchi ayol mandarin ichidan tabletkaga oʻxshash boʻlgan oq rangdagi nomaʼlum narsani topdi. Ushbu holat Qozogʻiston Jinoyat kodeksining 306-moddasi 1-bandiga binoan sudgacha tergovlar yagona reyestriga kiritildi”, - deb taʼkidlandi politsiyada.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlandi. Tekshiruvga vakolatli idora mutaxassislari jalb qilindi, tegishli ekspertizalar tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Telegram va WhatsApp'dagi turli guruhlarda mandarin ichidan tabletka chiqishi aks etgan virus-videosi keng tarqalgandi.

Birozdan soʻng, foydalanuvchi “fosh qiluvchi” videoni tasvirga oldi. U tabletkani mandarin ichiga qanday kiritish mumkinligini namoyish qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala