Rossiya

Rossiya mashhur oʻzbek meva-sabzavotlari uchun QQSni pasaytirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFestival dыni - "Kovun sayli" v Gulistane
Festival dыni - Kovun sayli v Gulistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston TIV Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekistondan Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratishini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Oʻzbekistondan Rossiyaga hoʻl meva-savzavotlar olib kirishda stavka boʻyicha qoʻshimcha qiymati soligʻi (QQS) 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi. Mazkur yangilik Rossiya Hukumatining 2019 yil 31 dekabrdagi 1952-son qarorida belgilangan.

Taʼkidlanishicha, hujjat bilan Rossiya hududiga olib kirilganda imtiyozli QQS solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari roʻyxati kengaytirildi.

Oʻzbekistonning asosiy hoʻl meva mahsulotlari hisoblanadigan tarvuz, qovun, uzum, anjir, olma, nok, behi, oʻrik, gilos, olcha, shaftoli (jumladan nektarin ham), olxoʻri va limonga nisbatan avval amal qilgan 20 foizli QQS oʻrniga 10 foizli stavka joriy etiladi.

Shuningdek, oʻzgarishlar quruq mevalarga nisbatan joriy etilmaydi. Ushbu kategoriya boʻyicha 20 foizli QQS saqlanib qolindi.

Yashil yoʻlak, yoxud Rossiyaga Oʻzbekiston meva-sabzavotlari eksportini qanday koʻpaytirish mumkin

TIV Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekistondan Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratishini taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala