Siyosat

Sergey Lavrovning Toshkentga tashrifi kechiktirildi  - TIV

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro tadbirlar jadvalidagi oʻzgarishlar tufayli Sergey Lavrov Toshkentga 3 kun keyin keladigan boʻldi.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻzining Oʻzbekistonga tashrifini 3 kun ortga surdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIVi.

"9 yanvar kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sergey Lavrov bilan telefon suhbati oʻtkazdi. Suhbat davomida tomonlar ikki taraflama hamda xalqaro mavzular borasida fikr almashishgan. Shuningdek xalqaro tadbirlar jadvali oʻzgarishi munosabati bilan Sergey Lavrovning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi 12-13 yanvardan 15-16 yanvarga koʻchirildi", - deyilgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Sergey Lavrovning Oʻzbekistonga tashrif dasturi oldin kelishilgani tartibda, oʻzgarishsiz qoldiriladi, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Mariya Zaxarova Lavrov Toshkentga 12-13 yanvar kunlari tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida  xabar qilgan edi. Tashrif davomida Rossiya vaziri Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi ham belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala