Sobiq diplomat davlatga xoinlikda ayblandi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi K. Yusupov davlatga xoinlik qilish jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topdi.

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Harbiy sudida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 157-moddasi(davlatga xoinlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sobiq diplomat K. Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati.

Ayblanuvchi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 3 nafar vatan xoinlari fosh etildi

Bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib tahlil qilingan. DXX Tergov boshqarmasi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirilgan.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi K. Yusupov davlatga xoinlik qilish jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sudlanuvchiga nisbatan jazo chorasini tayinlashda sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli kabi jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, K. Yusupovga 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0