Sport

U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston Eron bilan durang oʻynadi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOlimpiyskaya komanda Uzbekistana provela svoy pervыy match protiv sopernikov iz Irana.
Olimpiyskaya komanda Uzbekistana provela svoy pervыy match protiv sopernikov iz Irana. - Sputnik Oʻzbekiston
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda oʻtayotgan Osiyo chempionatida oʻzining dastlabki uchrashuvini oʻtkazdi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda oʻtayotgan Osiyo chempionatida oʻzining dastlabki uchrashuvini oʻtkazdi. “S” guruhidan oʻrin olgan jamoa bu turda eronlik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi boʻlimda raqibidan har tomonlama ustunlik qilgan Lyubinko Drulovich shogirdlari 40-daqiqada Islom Qobilovning penaltidan kiritgan goli evaziga tanaffusga kichik hisobdagi ustunlik bilan yoʻl olishdi.

Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik koʻrmoqda

Ikkinchi boʻlimda eronlik futbolchilar muvozanatni tiklay oldilar. Rizo Dehgʻoni 58-daqiqada oʻzbekistonliklar darvozasini ishgʻol qildi. Jamoalar har qancha harakat qilishmasin, uchrashuvda hisob boshqa oʻzgarmadi va jamoalar 1 ochkodan boʻlishib olishdi.

Shu tariqa Lyubinko Drulovich shogirdlari musobaqani durang bilan boshladi. Guruhning ikkinchi oʻyini Janubiy Koreya va Xitoy olimpiya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala