Turizm

Yangi yilda badavlat oʻzbekistonliklar qayerga sayohat qilishdi – eng qimmat chiptalar roʻyxati

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Singapur
Goroda mira. Singapur - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentdan Singapurga parvoz qilish uchun yoʻlovchilar 24 million soʻm toʻlashgan va bu eng qimmat chipta boʻlgan.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Aviasales.uz turistik qidiruv tahlilchilari oʻzbekistonliklarning yangi yil bayramlaridagi eng qimmat chiptalari reytingini tuzishdi.

Tahlilchilarning taʼkidlashicha, mamlakatning aksariyat aholisi samolyotga soʻnggi lahzada, parvozga maksimum bir hafta qolgan vaqtda chipta xarid qilishgan.  

Bu yilgi taʼtilda ikki yoʻlovchining 24 million soʻmga Toshkentdan Singapurga xarid qilgan chiptasi eng qimmat chipta boʻlgan.

Prazdnovaniye Novogo goda na Tayms-skver  v Nyu-Yorke  - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Yangi yil dunyoning turli burchaklarida qanday kutib olindi - foto

Qimmatligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda Toshkentdan Los-Anjelesga parvoz qayd etilgan. Bir tomonga sotib olingan chiptaning narxi 23 million soʻmni tashkil etgan.

Poytaxtdan Bangkokka yoʻl olgan sayyoh sayohat uchun 22,5 million soʻm sarflagan.

Yangi yil taʼtilini Dubay oʻtkazish uchun sayyohlar 17,5 millionning bahridan kechishgan. Toshkentdan Pxuketga safar qilish 500 ming soʻm arzonroq tushgan.

Anqaraga yoʻl olgan yoʻlovchilar esa 15,5 millionni koʻzlarini chirt yumib berib yuborishgan.

Sayyohlar 15 va 14 million soʻm toʻlab, Yangi yilni nishonlash uchun Tbilisiga yoʻl olishgan. Eng qimmat chiptalar reytingiga 12,6 million soʻm sarflangan Toshkentdan Yekaterinburgga qatnov yakun yasagan

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala