Hodisalar

Boysun hokimligida toʻydagi “tomosha” muhokama qilindi

© MVDObsujdeniye draki na svadbe v Baysune
Obsujdeniye draki na svadbe v Baysune - Sputnik Oʻzbekiston
Boysundagi toʻyda sodir boʻlgan janjal katta shov-shuvga sabab boʻldi, tuman hokimligida ushbu ish yuzasidan majlis oʻtkazildi.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Boysun tumani hokimligi majlislar zalida oʻtkazilgan yigʻilishda toʻylarning birida sodir etilgan bezorilik harakatlari muhokama qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha,  2020 yil 4 yanvar kuni “Darband” mahallasida yashovchi fuqaro J.Qorjovov mahalla hududida joylashgan toʻyxonada  bezorilik harakatlarini sodir etgan. U mahalladoshi A. Saʼdiyev bilan oʻzaro janjalashib, uning orqa oʻng tomoniga  bir marotaba pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan. Olgan tan jarohati natijasida jabrlanuvchi Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

© MVDBoysun hokimligida toʻydagi janjal muhokama qilindi
Boysun hokimligida toʻydagi “tomosha” muhokama qilindi - Sputnik Oʻzbekiston
Boysun hokimligida toʻydagi janjal muhokama qilindi

Mazkur holat yuzasidan J.Qorjovovga nisbatan JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayni damda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Svadebnыy kortej - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda toʻy va marosimlarni oʻtkazishda baʼzi udumlardan voz kechildi  

Shuningdek, joriy yilning 8 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimligi majlislar zalida yuqoridagi yuz bergan  koʻngilsizlik va uning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Ushbu holatning yuz berishiga imkon bergan shart-sharoitlar tahlil qilinib, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining 2019 yil, 14 sentyabrdagi qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash masalalari koʻrildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu qarorda Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida aytib oʻtilgan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala