Turizm

Oʻzbekistonga sayyohlar tashrifi ortib bormoqda

© UzATuristы v Uzbekistane
Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yil davomida Oʻzbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan, 2018 yilda esa bu koʻrsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonga 2018-yilda qancha sayyoh tashrif buyurdi? Tashriflar koʻrsatkichi 2019 yilda qanchaga oʻsdi? Bu haqda 10  yanvar kuni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Vid na poselok Solntse naxodyaщiysya nedaleko ot Parkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Parkentda “Kumushkon” turizm qishlogʻi tashkil etiladi

Qayd etilishicha, 2019 yil davomida Oʻzbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan, 2018 yilda esa bu koʻrsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan.

Sayyohlarning aksariyat 51,3 foizini 31-55 yoshdagi kishilar (2018 yilda 52,1 foiz), 20,2 foizini 55 yosh va undan kattalar (2018 yilda 19,4 foiz), 19,5 foizini 19-30 yoshdagi (2018 yilda 20,4 foiz) va 9,1 foizini 0-18 yoshli (2018 yilda 8,1 foiz) mehmonlar tashkil etgan.

Mamlakatga eng  koʻp sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan.  Ularning soni 2019 yilda 5 764 500 kishiga yetgan.

Shuningdek, MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishi, uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurganlar esa 488 400 ming kishiga yetgan.

Ular orasida qarindosh-urugʻ va doʻstlarini koʻrishga kelganlar soni 81,8 foizdan iborat boʻlgan, dam olish uchun kelganlar esa 15,5 foizni tashkil etgan.

Jumladan davolanish, xaridlar, biznes uchrashuvlari, taʼlim olish va boshqa shu kabi sabablar bilan tashrif buyurgan xorijliklar soni 2,7 foizni tashkil etgan.

Sayyohlar asosan Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afgʻoniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi davlatlardan tashrif buyurganligi aytildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala