Jamiyat

Shakar ochiq savdoga chiqarildi - Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSaxar
Saxar - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yilgacha ishlab chiqarilgan shakarning cheklangan maʼlum qismi ochiq birja savdolarida realizatsiya qilingan, qolgan qismi esa dillerlik tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotilgan.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Shakar ochik savdoga chiqarildi, deb xabar qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi matbuot xizmati.

Saxarnыy zavod  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda shakar qimmatlasha boshladi

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PQ-4484-sonli qarorining 1-bandiga muvofiq, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng taʼminlangan holda realizatsiya qilinadi, respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarida joylashgan isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida oʻz savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno.

2020 yilgacha ishlab chiqarilgan shakarning cheklangan maʼlum qismi (ishlab chiqarish hajmining 12,5 – 13,5 foizi) ochiq birja savdolarida realizatsiya qilingan, qolgan qismi esa dillerlik tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotilgan.

Shunday qilib, oʻtgan yilda “Angren shakar” MCHJ tomonidan jami boʻlib 28,8 ming tonna shakar  birja savdolarida sotilgan boʻlsa, 2020 yilning faqatgina yanvar oyida  birja savdolariga 20,0 ming tonna shakar qoʻyilishi rejalashtirilgan. Xuddi shunday, “Xorazm shakar” MCHJ tomonidan oʻtgan 2019 yilda  birja savdolarida 27,4 ming tonna shakar sotilgan boʻlsa, joriy yilning yanvar oyida 18,0 ming tonna shakar sotish rejalashtirilgan.

Birja savdolari orqali sotiladigan shakarning xajmini  bir necha barorbar oshishi oʻz navbatida shakarga boʻlgan talabni toʻliq qondirish imkoniyatini beradi.

Bir vaqtni oʻzida, 13 ta mintaqaviy boʻlinma va 300 tadan ortiq savdo maydonchalaridan iborat boʻlgan Respublika tovar-xomashyo birjasining rivojlangan infratuzilmasi shakar sotib olmoqchi boʻlgan barcha ulgurji  isteʼmolchilar va tadbirkorlarga birja savdolarida ishtirok etishni taklif qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala