Jamiyat

Toshkent tez yordam xizmatiga 150ta Ford rusumli reanimobil topshirildi

Avtomobillar salonlarida zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan boʻlib, tibbiy xodimlar kerak boʻlganda Respublika favqulodda yordam markazlari bilan maslahat uchun bogʻlanishlari mumkin.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmatiga 150ta Ford rusumli zamonaviy reanimatsiya avtomobillari topshirildi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.

Yangi avtomobillar Xitoyning Henan Costar Group kompaniyasi tomonidan yangi loyiha doirasida taqdim etilgan.  Yangi loyiha tez yordam xizmati sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutgan.

Avtomobillar salonlarida zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan boʻlib, tibbiy xodimlar kerak boʻlganda Respublika favqulodda yordam markazlari bilan maslahat uchun videoaloqa uslubida bogʻlanishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2017-2018 yillarda Oʻzbekiston tarixida birinchi marta 1500 ta tez tibbiy yordam xizmati uchun yangi ixtisoslashgan avtomashinalar xarid qilindi. Bugungi kunda tizimda 2500ga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala