Dunyoda

Tojikiston elchisi chegaradagi mojaro tufayli Qirgʻiziston TIVga chaqirtirildi

© Foto / press-slujba GPS KRPogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы
Pogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Juma kuni Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov tojik hamkasbi Sirojiddin Muxriddin bilan telefon muloqotini oʻtkazgan

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Chegarada yuz bergan mojarodan soʻng Tojikiston elchisi Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi, deb xabar qildi juma kuni RIA Novostiga Qirgʻiziston tashqi siyosiy mahkama matbuot-xizmati.

Pogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Tojikiston bilan chegarada otishmalar tufayli qirgʻiz qishlogʻi evakuatsiya qilindi

Sal oldin Qirgʻiziston chegara xizmati nomaʼlum shaxslar tunda qirgʻizistonliklarning avtomashinalari va uylarini toshboʻron qilishgani, hodisa joyiga yetib kelgan chegarachilar esa kichik kalibrli quroldan oʻqqa tutilgani haqida xabar bergan edi.

Idora xabariga koʻra, oʻt Tojikiston tomondan ochilgan.

"Shu munosabat bilan, Qirgʻiziston respublikasi tashqi ishlar vazirligiga Qirgʻiziston respublikasidagi Tojikiston respublikasi favqulodda va muxtor elchisi chaqirtirildi", - deb maʼlum qildi matbuot xizmati.

TIV, shuningdek, juma kuni Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov oʻzining tojik hamkasbi Sirojiddin Muxriddin bilan telefon muloqotini oʻtkazganini qoʻshimcha qilgan.

Davlat chegarasining qirgʻiz-tojik qismi bot-bot mahalliy aholi va ikki davlat chegara xizmatchilari oʻrtasida mojarolar zonasiga aylanib turadi. Buning asosiy sababi, davlat chegarasi qayerdan oʻtgani nomaʼlumligicha qolayotgan belgilanmagan hududlardir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala