Tramp va Eron mojarosida Putin g‘alaba qozondi – amerika OAVlari

© AFP 2023Iransi sjigayut amerikanskiy flag vo vremya demonstratsiy protiv amerikanskix prestupleniy v Tegerane
Iransi sjigayut amerikanskiy flag vo vremya demonstratsiy protiv amerikanskix prestupleniy v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh OAVlari Yaqin Sharqda so‘nggi kunlarda yuz berayotgan voqealarga o‘zlariga xos uslubda baho berishdi. Ularning aksariyati ushbu "to‘qnashuvda" Putin g‘alaba qozonganini ta’kidlashmoqda.

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Yaqin Sharqdagi inqiroz, Vashington-Tehron mojarosini avj olishini (yoki olmasligini) yetarli darajada taxmin qilib bo‘lmaydi. Vaziyatning ko‘p jihatlari juda tez o‘zgarib ketishi mumkin, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Ivan Danilov.

V Irane Tisachi chelovek po vsey strane vishli na miting posle ubiystva generala Suleymani SShA - Sputnik O‘zbekiston
Eronda general Sulaymoniy o‘limidan so‘ng minglab kishilar mitingga chiqdi - video

Qarama-qarshi tomonlarning rahbarlari qaror qabul qilishda foydalanadigan juda ko‘p omillar hozircha ommaga oshkor qilinmaydi. Biroq, barcha bu cheklovlar bizning g‘arblik hamkasblarimizni to‘xtata olmaydi: Amerika manbalari o‘zlarining o‘quvchilari va tinglovchilariga taqdim etayotgan AQShning Iroq va Erondagi xatti-harakatlari haqidagi xulosalarini tahlil qilsak, ularning nuqtayi nazari bo‘yicha g‘olib allaqachon aniqlangan - bu Vladimir Putin.

G‘arb axborot maydonida Rossiya AQSh-Eron mojarosidan qanday foyda ko‘rishi to‘g‘risida biror anii to‘xtamga kelinmagan, lekin chet el OAVlari o‘z o‘quvchilariga turli xil variantlar, usullar va ssenariylarni taklif qilishmoqda.

Adolat yuzasidan shuni ta’kidlash kerak-ki, bu pozitsiya ma’lum bir evolyutsiya natijasidir, ya’ni Nyu-York va Vashington nashrlarida dastlabki taassurotlar umuman boshqacha edi. Masalan, 7-yanvar kuni Donald Trampni unchalik yoqtirmaydigan Blumberg biznes-ma’lumot agentligi, o‘ziga xos bo‘lmagan materialni nashr qildi. Materialning asosiy mazmuni: "Putinga hozir Eron bo‘yicha "B” rejasi kerak. Qosim Sulaymoniyning o‘limi Rossiyaning Suriya, Eron va Turkiya bo‘yicha hisob-kitoblaridagi o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin”.

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQShdan qasos olishning 13ta ssenariysini tayyorladi - OAV

Google qidiruv tizimida esa ushbu maqola "Tramp Putinning Yaqin Sharq bo‘yicha bosh rejasini yo‘qqa chiqardi" deb nomlangan jarangdor sarlavhasi ostida paydo bo‘ldi.

Trampning agressiv xatti-harakatlari tufayli Rossiyaning Yaqin Sharqdagi rejalarini barbod bo‘lishiga ishonganlarning mantig‘ini tushunish mumkin. Iloji boricha sxematik tarzda aytsak, hisob-kitob quyidagicha edi: Sulaymoniyni o‘ldirgandan so‘ng, Tehron shunchaki iloji boricha qattiqroq javob berishga majbur bo‘ladi, bu esa Tramp ma’muriyatini Eronga yanada qattiq zarba berishga majbur qiladi. Eskalatsiyaning rivojlanishi oxir oqibat Eronga shunchalik zarar keltiradiki, bu mintaqadagi yetakchi mamlakat rolini o‘ynashga mutlaqo imkon bermay qo‘yadi. Blumberg ta’kidlagan ushbu ssenariyda Rossiya Suriyani va uning rahbari Bashar Asadni "taslim qilinishiga qo‘yib berishdan" boshqa chorasi qolmaydi deb taxmin qilmoqda.

Zapusk ballisticheskoy raketi v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Eron raketa zarbasi oqibatida 80 kishi qurbon bo‘ldi - OAV

Amaliyot nazariyadan ko‘ra murakkabroq bo‘lib chiqdi va Rossiyaning Yaqin Sharq rejalari uchun apokaliptik ssenariysi bir vaqtning o‘zida ikkita muhim nuqtada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Birinchidan, Eron "jarrohlik" javob usulini tanladi osongina o‘zining harbiy imkoniyatlarini bayon qilib. Ikkinchidan, Donald Tramp ma’muriyati nufuzli respublikachilarning chaqiriqlari va Trampning va’dalariga qaramay, Eron neftni qayta ishlash zavodlari yoki "madaniy meros obyektlarini" (ya’ni mashhur masjidlarni) bombardimon qilmadi.

Vaziyatni tahlil qilib, Amerika OAV o‘quvchilarga Rossiya Yaqin Sharqdagi inqirozning yangi bosqichining deyarli asosiy foyda oluvchisi bo‘lganligini yoki shunga yaqinlashayotganini tushuntirishga urinishni boshladi. Ba’zan ular Donald Tramp deyarli Vladimir Putinga yordam bergan deb ta’kidlashmoqda.

"Foreign Policy" ixtisoslashgan jurnali fikriga ko‘ra, AQShning Eron bilan mojarosining kuchayishi "Putinga o‘zining uzoq vaqtlardan beri ko‘zlayotgan ikki maqsadiga erishish uchun yangi imkoniyatlar beradi: AQShga bo‘lgan ishonchni susaytirish va Rossiyaning Yaqin Sharqdagi mavqeyini kengaytirish".

Premyer-ministr Kanadi Djastin Trudo - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina samolyoti Eron raketasi bilan urib tushirilgan – Kanada bosh vaziri

Ekspert bahosi sifatida, jurnal Center for a New American Security tahlil markazi tadqiqotchisi va Milliy razvedka kengashining (Amerika razvedka xizmatlarini strategik rejalashtirishni muvofiqlashtiruvchi tuzilma) Rossiya  va Yevroosiyo bo‘yicha sobiq mutahassisi Andrei Kendall-Teylorning fikrini keltirmoqda: "Putin Qo‘shma Shtatlarning bir tomonlama harakatlariga qarshi kurashish uning shaxsiy vazifasi deb hisoblaydi va u o‘zgaruvchan vaziyatlardan foydalanishga moyil. Shuning uchun Vashingtonni mavke’ini bulg‘ash maksadida Sulaymonining qotilligi va har qanday boshqa beqarorlik va ziddiyatlardan foydalanish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishga intiladi."

Amerikalik mutaxassisning Rossiya rahbariyatining fikrlarini o‘qiy olishiga bo‘lgan ishonchini qavs ortiga chiqargan holda, shuni ta’kidlash kerakki, Yaqin Sharqda AQShning obro‘siga putur yetkazish uchun Moskva yoki boshqa tashqi kuchlarning sa’y-harakatlari kerak emas. Vashingtonning o‘z harakatlari yetarli. Asosiysi - aralashmaslik.

Amerikaning "The Slate" nashri o‘z fikrlarini umuman “qog‘ozga o‘ramay” ifoda qilishdan toyimaydi: "AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning yagona g‘olibi - Rossiya. Bu Vladimir Putin uchun juda mos bo‘lgan inqiroz" deb yozgan nashr.

Goroda mira. Jeneva - Sputnik O‘zbekiston
AQSh BMT Xavfsizlik kengashida Eron bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi

"The Slate" mualliflarining pozitsiyasi mantiqiy va ancha izchil. Ular Sulaymoniyning o‘ldirilishining ehtimoliy oqibatlaridan biri mahalliy hokimiyat bosimi ostida AQSh qo‘shinlarini Iroqdan olib chiqib ketishidir. Va keyinchalik oqibatlarni tahmin qilish oson. "Agar Iroqda qo‘shinlar bo‘lmasa, AQShning Suriyadagi (harbiy) ishtirokini saqlab qolish qiyin bo‘ladi. Bu bo‘shliq Moskvaga jiddiy siyosiy ta’sirga ega mintaqaviy o‘yinchi sifatida o‘z mavqeyini mustahkamlab, mintaqada manevr qilish uchun keng imkoniyat yaratishi mumkin.

Rossiyaning mintaqadagi mavqe’ini kuchaytirilishidan tashqari Sulaymoniyning o‘ldirilishi Rossiyaning maqsadlariga yordam beradi - Vashington va uning sheriklari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keltirish, shuningdek, AQShni oldindan hatti-harakatlarini tahmin qilib bo‘lmaydigan va hamisha urushga o‘ch davlat sifatida butun dunyoga targ‘ib qilish. Rossiya AQShning Yaqin Sharqdagi sheriklari bilan aloqalariga darz ketishiga allaqachon erishdi”. Ya’ni, Qo‘shma Shtatlar uchun, ular o‘z askarlarini Iroqda ushlab turgan taqdirda ham muvaffaqqiyatsizliklar boshlariga tushadi.

Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylarni olib chiqilishi uchun ovoz berdi

Rossiya prezidentisiz AQShning g‘arbiy ittifoqchilari Vashingtonni juda beqaror, ishonchsiz, xudbin va geosiyosiy maydonda o‘ta tajovuzkor o‘yinchi, degan xulosaga kela olmaganliklari ajablanarli darajada. Umuman olganda, bunday xulosalarga kelish uchun Moskva bilan yaqin aloqalar kerak emas: shunchaki yangiliklarni o‘qishingiz va Davlat departamenti va Pentagon vakillarini tinglashingiz, shuningdek, Trampning tvitteri bilan tanishishingiz kifoya.

Associated Press agentligi aslida kimnidir ishontirishga va bironta ishga jalb qilishga urinayotgan Kreml emasligini, balki Yevropa (va nafaqat Yevropa) rahbarlari Rossiyaga murojaat qilishayotganini, ehtimol bizning mamlakatimizda muloqot uchun ishonchli va bashorat qilinadigan sherikni ko‘rayotganini ko‘rsatmoqda:

"Putinning seshanba kuni Suriyaga tashrifi so‘nggi oylarda vujudga kelgan voqelikni ramzidir: AQShning Yaqin Sharqdagi strategiyasi ko‘plab AQSh ittifoqchilari uchun sirdir va Rossiya esa har qanday bo‘shliqni to‘ldirishga tayyor. Vaziyatning bunday o‘zgarishi AQSh ittifoqchilarini ko‘plab qiyinchiliklarga duchor qildi – va yoki ularni sherik izlash maqsadida Rossiyaga murojaat qilishga majbur qildi. Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron juma kuni Amerikaning dron hujumi haqida eshitganidan keyin Putin bilan gaplashgan birinchi dunyo rahbari bo‘ldi. Ayni shu damda, Germaniya kansleri Angela Merkel Yaqin Sharq muammosini muhokama qilish uchun Kremlga safar uyushtirdi."

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Sulaymoniy paradoksi: AQSh yuqori texnologiyali dushmanga o‘z xohishini buyurolmaydi

G‘arblik muxoliflarimizning axborot urushi haqidagi bashoratlari qay darajadi amalga oshishiga qaramay, AQShning xatti-harakatlari hatto o‘zining eng yaqin sheriklari orasida ham oldingiday qo‘llab-quvvatlanmayotganligi aniq. Amerika rasmiylari ham bundan shikoyat qilmoqdalar, ammo ular aynan shunday vaziyatga ko‘nikishlari kerak. Ertami-kechmi Vashingtonning xatti-harakati barcha jabrlanganlar (shu jumladan ittifoqchilar) Qo‘shma Shtatlardan uzoqlashish va o‘zini xammadan ustun qo‘yishligi , iqtisodiy shantaj va harbiy sarguzashtlari bilan kechadigan Amerika xudbinligidan himoya qilishiga olib kelishi kerak edi.

Ushbu tendensiya nafaqat kelgusi yil, balki keyingi o‘n yilliklardagi geosiyosiy muvofiqlashtirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada chet ellik mutaxassislar fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q - bundan Rossiya faqat foyda topadi.

Yangiliklar lentasi
0