Eron Oliy rahbari Boing halokati boʻyicha tergov natijalarini oshkora eʼlon qilishni buyurdi

© Obщestvo Krasnogo polumesyatsa IranaKadrы s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane
Kadrы s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik Oʻzbekiston
Kiyevga uchayotgan Boing chorshanba kuni ertalab Tehron aeroportidan uchib chiqqach, qulab tushdi. Hammasi boʻlib 176 kishi halok boʻldi: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afgʻonistondan 167 yoʻlovchi va toʻqqiz ekipaj aʼzosi.

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Eronning Oliy rahbari Ali Xumayniy rasmiylarga xato oqibatida urib tushirilgan Ukraina samolyoti halokati boʻyicha tergov natijalarini eʼlon qilishni buyurdi, deya xabar beradi IRIB davlat televideniyesi.

Kadrы s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron Ukraina samolyotini bexosdan urib tushirganini tan oldi

"Oliy rahbarga mamlakatning havodan hujum mudofaasidagi xatolik haqida xabar berilishi bilan, u ushbu masalani oʻrganish uchun mamlakat Milliy xavfsizlik Oliy kengashining favqulodda yigʻilishini chaqirdi va voqea sabablari va tergov natijalari halol va oshkora eʼlon qilinishini tasdiqladi", - deyiladi IRIB xabarida.

Kiyevga uchayotgan "Ukraina halqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boing 737-800 borti chorshanba kuni ertalab Tehron aeroportidan uchib chiqqach, bir necha daqiqadan soʻng qulab tushdi. Hammasi boʻlib 176 kishi halok boʻldi: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afgʻonistondan 167 yoʻlovchi va toʻqqiz ekipaj aʼzosi.

Shanba kuni mamlakat Qurolli kuchlari Ukraina Boing samolyotini tasodifan urib yuborganini, bexosdan inson omili aybdorligi koʻrsatildi: samolyot Eron harbiy obʼyekti yaqinida uchayotganda dushman samolyoti deb qabul qilinib urib tushirildi. Eron prezidenti aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi va chuqur afsusdaligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala