Bosh prokuratura Gulnora Karimova uyidan chiqqan boyliklar haqida bayonot berdi

© InstagramGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Gulnora Karimovaning Oʻzbekistondagi yashash manzillarida 985 turdagi tarixiy madaniy va badiiy ahamiyatga ega qimmatliklar deb topilgan hamda umumiy qiymati 12,7 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan sanʼat asarlari aniqlangan va xatlangan.

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi tomonidan tegishli soha idoralari ishtirokida Shveytsariya, Frantsiya, Rossiya Federatsiyasi, Latviya va boshqa davlatlar vakolatli idoralari bilan hamkorlikda Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan aktivlarni qaytarish masalasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Gulnara Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi sudga yuborildi

Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan rasmiy bayonot eʼlon qilindi.

"Shveytsariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilingan holda G.Karimovaning Jeneva shahrida joylashgan villasida oʻtkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi sanʼat ashyolari (kartinalar, amaliy sanʼat va hunarmandchilik asarlari va hokazolar)ning milliy boylikka taalluqliligini aniqlash hamda ularning Oʻzbekistonga qaytarilishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda", - deyilgan xabarda.

Shuningdek, maʼlum qilinishicha, Gulnora Karimovaning Oʻzbekistondagi yashash manzillarida 985 turdagi tarixiy madaniy va badiiy ahamiyatga ega qimmatliklar deb topilgan hamda umumiy qiymati 12,7 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan sanʼat asarlari (kartina, soʻzana, milliy taqinchoqlar, sopol, yogʻochdan ishlangan milliy hunarmandchilik asarlari va hokazolar) aniqlangan va xatlangan.

Qayd etilgan kartinalar va sanʼat asarlari sud hukmiga koʻra davlat egaligiga oʻtkazilib, Oʻzbekiston amaliy sanʼati va hunarmandchilik tarixi Davlat muzeyi, Fargʻona viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Andijon viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Chirchiq shahar tarix muzeylariga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0