Siyosat

Putin Yaqin Sharqda katta urush boʻlmasligiga umid bildirdi

Putinga koʻra, bunday harakatlar "odamlarni anʼanaviy yashab turgan joyidan siljishga, yangi qochoqlar oqimiga" olib kelishi mumkin. Va bu oqimlar nafaqat Yevropa, balki boshqa mintaqalarni ham toʻldirib tashlashi mumkin.

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaqin Sharqdagi ishlar keng koʻlamli harbiy mojarogacha yetib bormaydi, deya umid bildirmoqda - aks holda bu butun dunyo uchun katta fojia boʻladi. Bu haqda Rossiya yetakchisi Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng gapirdi.

Kadrы s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron Ukraina samolyotini bexosdan urib tushirganini tan oldi

"Holatga yaxlit qaraydigan boʻlsak - umid qilamanki, ish yirik koʻlamli harbiy mojarolarga borib taqalmaydi. U yerda kichik shiddatda urush borayotganini shundoq ham koʻrib turibmiz. Lekin bu jangovar harakatlar, insonlarni nobud qiladigan. Bu fakt. Yirik koʻlamli jangovar harakatlarning oldi olinishini xohlardim. Agar u yuz bersa, bu nafaqat mintaqa, Yaqin Sharq, balki butun dunyo uchun katta fojia boʻladi", - dedi Putin Yaqin Sharqdagi holatga izoh berar ekan.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday harakatlar "odamlarni anʼanaviy yashab turgan joyidan siljishga, yangi qochoqlar oqimiga" olib kelishi mumkin. Va bu oqimlar nafaqat Yevropa, balki boshqa mintaqalarni ham toʻldirib tashlashi mumkin.

"Bu insonparvarlik fojiasi boʻladi, dinlaroaro fojia, iqtisodiy fojia, negaki bularning barchasi dunyo iqtisodi va dunyo energetikasining barbod boʻlishiga yoki unga ulkan zarar yetishiga olib keladi", - deb qoʻshimcha qildi prezident.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala