Siyosat

Jeenbekov Rahmon bilan chegaradagi vaziyatni muhokama qildi

© Foto / press-slujba GPS KRPogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы
Pogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻiziston prezidenti fuqarolarning maishiy mojarolari keyingi vaqtlarda "oʻta nozik" tus olganini va endilikda tushuntirish ishlarini olib borish lozimligini taʼkidladi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan 10 yanvar kuni chegarada boʻlib oʻtgan tungi hodisa yuzasidan telefon muloqotini oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati.

Pogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Tojikiston bilan chegarada otishmalar tufayli qirgʻiz qishlogʻi evakuatsiya qilindi

Jeenbekov umumiy chegarada stabil vaziyatni saqlab turish juda muhimligini hamda fuqarolarning maishiy mojarolari oʻta nozik tus olganini qayd etdi.

"Qirgʻizlar va tojiklar oʻrtasida koʻpasrlik doʻstlik boʻlgan va boʻladi. Biz chegarada vaziyat oʻtkir tus olishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Afsuski, soʻnggi vaqtlarda chegara oldi hududlarida mojarolar tez-tez sodir boʻlmoqda", - dedi Qirgʻiziston prezidenti.

U bu kabi hodisalarning oldini olish uchun mahalliy aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilishi qanchalik muhim ekanligini qayd etdi va OAVdagi provokatsiyaga oid xabarlar ikki davlat oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va doʻstlik ruhiga mutlaqo mos emasligini qoʻshimcha qildi.

Jeenbekov shuningdek, hamkorlikdagi surishtiruv ishlaridan soʻng, chegara oldi mojarosida aybdor boʻlganlarni jazolash zarurligi, shuningdek, qirgʻiz-tojik chegarasida delimitatsiya va demarkatsiya ishlarini tezlashtirish kerakligiga aniqlik kiritdi.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va yaqin istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

Pogranichniki na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikiston elchisi chegaradagi mojaro tufayli Qirgʻiziston TIVga chaqirtirildi

Avvalroq, Davlat chegara xizmati yarim tunda Jaka-Oruk hududida nomaʼlum shaxslar Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari boʻlgan avtomashinani toshboʻron qilganligi, jabrlanganlar borligini maʼlum qilishgan edi. Oradan bir soat oʻtib, qirgʻizistonlikning boshqa avtomobili Kocho-Karin hududida toshboʻron qilingan.

Davlat chegara xizmati maʼlumotiga koʻra, sal keyin QR fuqarosining Daxma hududida joylashgan uyi toshboʻron qilingan. Hodisa joyiga militsiya va chegara xizmatchilari yetib kelishgan, ammo ular, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston tomondan ov miltigʻida oʻqqa tutilgan.

Otishma ertalab yakunlangan. Chegaradagi vaziyat ziddiylashuv elementlari mavjud stabil sifatida baholangan. Chegara vakillari oʻrtasida muzokaralar boshlangan.

Qirgʻiziston Respublikasi TIV rahbari Chingiz Aydarbekov Tojikiston TIV yetakchisi bilan muzokaralar oʻtkazgan va tojik tomonidan oʻqotar quroldan foydalanilganlik hamda fuqarolar avtomashinalarini toshboʻron qilganlik yuzasidan tashvish bildirgan. Qirgʻiziston TIV Tojikiston elchixonasi vakiliga norozilik notasini topshirgan.

11 yanvar kuni ertalab chegaradagi vaziyat barqaror, deya baholangan.

Yangiliklar lentasi
0