TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindistonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
"2020-yil 14-15-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida boʻladi", - deyiladi xabarda.
Nyu-Dehli shahrida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. Oʻzbekiston delegatsiyasi Raisina Dialogue 5-xalqaro konferentsiyasi ishida ham ishtirok etadi.
Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish kutilmoqda.