TIV Varshavada YTHga uchragan talabaning qarindoshlarini qidirmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polshadagi universitetlardan birining talabasi bo‘lgan fuqaro yo‘l-transport hodisasiga uchradi va ko‘p sonli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Uning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Polshada o‘zbekistonlik talaba 8-yanvar kuni yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda TIV mamlakatning Polshadagi elchixonasi bergan ma’lumotga asoslangan holda xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarosi I.R. ko‘p sonli jarohatlar bilan og‘ir ahvolda Varshava shahridagi Milliy mudofaa vazirligi Harbiy-tibbiy instituti Markaziy klinik shifoxonasining intensiv terapiya klinik bo‘linmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda.

Passajiri poyezda Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

YTH bo‘yicha Varshava shahrida politsiya tergov tadbirlarini olib bormoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra I.R. universitetlardan birining talabasi hisoblanadi.

Elchixona Konsullik bo‘limi vakillari klinikaga borib bemorning holidan xabar oldilar va uniing qarindoshlarini qidirishmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan +48-22-894-62-30 (2)

Yangiliklar lentasi
0