Jamiyat

Oʻzbekistondagi birinchi okeanarium qayerda barpo etilishi maʼlum boʻldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom rekonstruktsii Natsionalnogo parka imeni Alishera Navoi v Tashkente
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom rekonstruktsii Natsionalnogo parka imeni Alishera Navoi v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Istirohat bogʻi toʻliq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini taʼminlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Oʻzbekistondagi birinchi okeanarium Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida  barpo etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bogʻda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat bogʻi barpo etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentyabrdagi qarori asosida bunyodkorlik ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, koʻngilochar oʻyingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinchi bosqichda 12 gektar hududda mavzuli park, bolalar uchun avtodrom va attraktsionlar, akvapark bunyod etiladi. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOʻzbekistondagi birinchi okeanarium Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida  barpo etiladi.
Oʻzbekistondagi birinchi okeanarium qayerda barpo etilishi maʼlum boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistondagi birinchi okeanarium Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida  barpo etiladi.

Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo doʻkonlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini taʼminlash maqsadida kashtan, qaragʻay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.

Istirohat bogʻi toʻliq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini taʼminlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi.

Davlat rahbari istirohat bogʻining yil davomida ishlashini taʼminlash, odamlar oilaviy dam olishi uchun keng imkoniyat yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Bogʻda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarimizdagi qadimiy obidalar maketini oʻrnatib, yoshlar va sayyohlarning tariximizga qiziqishini oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala