Turizm

Buxoroning logotipi ishlab chiqildi

© SputnikPloщad Poi Kalon
Ploщad Poi Kalon - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro ISESCO tashkiloti tarafidan Buxoroni "Islom olami madaniyati poytaxti" deb tanlanishiga bagʻishlangan logotip ishlab chiqildi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Xalqaro ISESCO tashkiloti tarafidan Buxoroni "Islom olami madaniyati poytaxti" deb tanlanishiga bagʻishlab Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maxsus logotip ishlab chiqdi. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Facebook᾽da maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, yaratilgan logotip kontseptsiyasiga muvofiq arab tilida Buxoro soʻzi kalligrafiya harflari bilan yozilgan. U Buxoroning qadimiy markazida Minorai kalon, Mirarab madrasasi, qubbali bozor va Labi Hovuz foniga uygʻun biriktiradi.

Eslatib oʻtamiz, koʻhna va boqiy Buxoro shahri 2020 yilda "Islom madaniyati poytaxti" deb eʼlon qilingan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala