Ikki baravar foyda: Tramp tufayli oltin va neft rekord darajada qimmatladi

© Sputnik / Aleksandr Melnikov / Mediabankka o‘tishStanok-kachalka
Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaliklar tomonidan Eron generali Kassam Sulaymoniyning o‘ldirilishi ortidan neftning Brent navi bir barrel uchun 71,5 dollargacha ko‘tarildi.

TOShKENT, 13-yanvar – Sputnik, Natalya Dembinskaya. Yaqin Sharqdagi vaziyat ziddiylashuvi tufayli oltin va neft narxlari keskin ko‘tarildi. Mintaqadagi keskinlikning oshishi narxlarni yangi marralarga olib chiqishi mumkin. Bularning barchasi Rossiyaga qo‘l keladi: oltin-valyuta zaxirasidagi ulushi rekord darajada, neftdan kelayotgan qo‘shimcha daromadlar muntazam ravishda budjetni to‘ldirib turibdi.

Bozordagi vahima

Amerikaliklar tomonidan Eron generali Kassam Sulaymoniyning o‘ldirilishi ortidan neftning Brent navi bir barrel uchun 71,5 dollargacha ko‘tarildi. Narhlar bu darajagacha kutarilishiga ohirgi marta 2019-yil sentabrida, dronlar Saudi Aramco neft kompaniyasining ishlab chiqarish obyektlariga hujum qilganida erishilgan edi.

Verxovniy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei - Sputnik O‘zbekiston
Eron oliy yetakchisi general Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi

Tehron Pentagonni terrorchi tashkilot deb tan oldi, 2015-yildagi yadroviy kelishuvdan nihoyat chiqish to‘g‘risida qaror qabul qildi, qasos olishni va’da berdi va amerikaliklarning Yaqin Sharq mintaqasini tark etishini talab qildi. Tramp esa Eronning neft va madaniy obyektlariga zarba berish bilan tahdid qildi.

8-yanvarga o‘tar kechasi IISK (Islom Inqilobiy Soqchilari Korpusi) Iroqdagi Amerika bazalariga o‘nlab raketalarni uchirdi. Katta urush muqarrar bo‘lib tuyuldi. Ammo Tramp faqatgina iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi, bu esa umumiy tanglikni biroz pasaytirdi. Shunga qaramay, neft narxlari yuqori darajada saqlanmoqda – Brent navining barreli uchun 65 dollardan ko‘proq.

Oltin esa yetti yillik maksimumga ko‘tarildi. 2013-yildan beri birinchi marta troy unsiyasining (31,1034768 gramm) narxi 1600 dollardan oshdi. Mos ravishda oltin qazib oluvchi kompaniyalarning aksiyalari ham ko‘tarildi. Biroq, o‘tgan haftaning oxiriga kelib, sariq metallning kotirovkasi bir unsiya uchun 1555 dollargacha pasaydi.

Bashnya Azadi, postroyennaya na odnoimennoy ploshadi v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Eron TIV AQShning Iroqdagi zarbasini terrorizm deb atadi

Ammo tahlilchilar, vaziyat yomonlashsa, neft va oltin rekordlarni yangilashda davom etishiga ishonishadi. Capital Economics bir barrel uchun 150 dollar haqida gapira boshladi. Bunday ssenariy AQShning Eron bilan keng ko‘lamli urush olib borishi va global neft ta’minotining 20% ​​dan ko‘prog‘i o‘tadigan Ormuz bo‘g‘ozi yopilgan taqdirda amalga oshishi mumkin.

Rossiya foyda ko‘radi

Tramp ma’muriyatining tashqi siyosati yana bir bor Rossiyaga katta xizmat ko‘rsatdi.

"Saudiyaliklar, Eron va Venesuyela sanksiyalar va ichki muammolar tufayli bozorga chiqa olmaydilar. Amerikaning slanes nefti ham yordam bermaydi: uning zichligi past. Faqatgina kerakli sifatli xom ashyo va zarur ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan Rossiya ta’minotni oshirishi mumkin", - deya ta’kidlaydi Forbes.

Ba’zi ekspertlar har qanday holatda ham nahlarning o‘sishini taxmin qilishmoqda. Amerikaning yetakchi banklaridan biri bo‘lgan Morgan Stanley bu yil Brentning o‘rtacha narxlari prognozini bir barrel uchun 60 dollardan 65 dollargacha oshirdi. Bankning xom-ashyolar bo‘yicha tahlilchilari mojaroning kuchayishini kutmayotganliklarini, ammo hozirgi keskinlik darajasi narxlarni qizdirishini va bu birinchi navbatda Rossiya neft kompaniyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladilar.

Putin: priblijenie NATO k granitsam Rossii ugrojayet bezopasnosti strani - Sputnik O‘zbekiston
Putin Yaqin Sharqda katta urush bo‘lmasligiga umid bildirdi

Saxo Bank bankining prognoziga ko‘ra, 2020-yilda qora oltin bir barrel uchun 90 dollargacha ko‘tariladi. Bank OPEK + ishlab chiqarishni qisqartirishi va AQShda slanes nefti ishlab chiqarishni kamaytirish to‘g‘risida kelishuvga asoslanadi.

Oltinga kelsak, tahlilchilar fikriga ko‘ra, bu yerda dinamika yanada ta’sirli bo‘ladi. Kuzdan beri qimmatbaho metallarning kotirovkalari ko‘p yillik balandlikda - bir unsiya uchun 1500 dollardan balandrok. Goldman Sachs, UBS va ABN Amro Bank bu hali hammasi emas deb hisoblashadi. Va bu xalqaro zaxiradagi oltin ulushini rekord darajadagi 18,6% gacha oshirgan Rossiya uchun yaxshi sovg‘adir.

So‘nggi besh yil ichida Markaziy bank oltin zaxirasini ikki baravar oshirdi, qimmatbaho metall narxi esa 20 foizga oshdi. Hozirgi narxlarda Rossiya 2219 tonna oltinining qiymati qariyb 120 milliard dollarga teng. Ilgari Moliya vazirligi hisoblab chiqqanidek, agar neft birdan 30 dollarga yoki hatto 20 dollarga tushsa, davlat barcha moliyaviy majburiyatlarni uch yil davomida hech qanday zarbalarsiz bajara oladi.

Yangiliklar lentasi
0