Dunyoda

Iordaniya qiroli Iroqda “Islom davlati” qayta tiklanganini maʼlum qildi

© Flickr / Hakimullah_MehsudChlenы terroristicheskoy gruppirovki IGIL
Chlenы terroristicheskoy gruppirovki IGIL - Sputnik Oʻzbekiston
Iordaniya qiroli Iroq janubiy qismida “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi qayta tiklangani va mustahkamlanganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 13 yanv – Sputnik. Iordaniya qiroli Abdulla II France 24 telekanaliga bergan intervyusida taʼkidlashicha, soʻnggi bir yil ichida “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi Iroq janubiy qismida qayta tiklandi va mustahkamlandi. RIA Novosti xabariga asosan.

Situatsiya v Livii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Liviya mojarosi yuzasidan Moskvada uchrashuv oʻtkaziladi

Iordaniya yetakchisi xalqaro hamjamiyat "u yerda boʻlishi kerak va Iroqqa ushbu tahdidni yengishda yordam berishga tayyor boʻlishi kerak. “ID” nafaqat Iroq va Yaqin sharqqa, balki Yevropa butun dunyo mamlakatlariga tahdid soladi" deb qoʻshimcha qildi.

2017 yil dekabr oyida Iroq rahbariyati mamlakat hududining uchdan bir qismini egallab olgan terrorchi guruh bilan 3,5 yillik urushdan soʻng “ID” terrorchilaridan toʻliq ozod qilinishini eʼlon qildi. Tarqalib ketgan terrorchi guruhlar mamlakatning ozod qilingan hududlarida hujumlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Iroq xavfsizlik xodimlarining aytishicha, jangarilarning aksariyat harakatlari oldi olingan.

“ID”ga qarshi xalqaro koalitsiya bazalari ham mamlakat hududida joylashtirildi. Yanvar oyida Iroq parlamenti Bagʻdod xalqaro aeroporti yaqinidagi “Quds” maxsus kuchlari boshligʻi Qosim Sulaymonaniy oʻldirlishidan soʻng xorijiy qoʻshinlar mamlakatdan chiqib ketishi haqida qaror qabul qildi. Bu zarba Iroq hukumati bilan kelishilmagan.  

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala