Video

Xotin-qizlar Vatan himoyachilarini tabriklashdi - video

Oʻzbekiston xotin-qizlari 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan barcha askaru zobitlarni tabriklashdi.

Sputnik muxbiri 11 yanvar kuni Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi maydonida boʻlib oʻtgan harbiy texnika koʻrgazmasida boʻlib, u yerda ayollarning vatan himoyachilariga aytgan bayram tabriklarini yozib oldi. Eʼtiboringizga ushbu videolavhalardan ayrimlarini taqdim etamiz. 

Maʼlumot uchun 14 yanvar – Oʻzbekistonda Vatan himoyachilari kuni bayrami hisoblanadi. Ushbu bayram 1994 yildan buyon nishonlanib kelmoqda. Oʻzbekiston qurolli kuchlari 1993 yilning 29 dekabrida tashkil etilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Qurolli kuchlari oʻz harbiy quvvati boʻyicha Markaziy Osiyo hududida yetakchi oʻringa chiqib olgan. Globalfirepower reytingida Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari orasida bir necha yildan buyon 48 oʻrinni egallab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala