Jamiyat

MIB noqonuniy ishdan boʻshatilgan xodimning ish haqini undirib berdi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoroda ishdan gʻayriqonuniy ravishda boʻshatilgan xodim qayta ishga tiklandi. MIB uning ish haqi va maʼnaviy zararini undirib berdi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Buxoroda ishdan gʻayriqonuniy ravishda boʻshatilgan xodim oʻz ishiga tiklandi. Uning ish haqi va maʼnaviy zarari MIB tomonidan undirib berildi. Bu haqda Majburiy ijro boʻlimi axborot xizmati maʼlum qildi.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh prokuratura ishdan asossiz ravishda boʻshatilgan ayolga yordam berdi

Qayd etilishicha, R.Q. Qorovulbozor tuman Obodonlashtirish boʻlimidan gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan. Fuqaro majburiy “progul” uchun ish haqi va maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha Kogon tumanlararo sudiga ariza bilan murojaat qilgan. Sud ishni fuqaro foydasiga hal qilgan. 

Shundan soʻng R.Q.ni Qorovulbozor tumani boʻlimiga ishga tiklash va uning foydasiga qarzdordan majburiy “progul” uchun 3 mln. 254 ming soʻm ish haqini undirish boʻyicha majburiy ijro harakatlar olib borilgan.

Natijada fuqaro oʻz ish oʻrniga qayta tiklanib, uning ish haqi va yetkazilgan maʼnaviy zarar pullari toʻliq undirib berilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala