Siyosat

NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRaketnыy kompleks "Iskander-M" na tseremonii otkrыtiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma "ARMIYA-2016" vo Vladivostoke
Raketnыy kompleks Iskander-M na tseremonii otkrыtiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma ARMIYA-2016 vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston
Stoltenberg 9M729 raketasini ishlab chiqilishini "Rossiyaning zamonaviy imkoniyatlarga, shu jumladan zamonaviy yadro quroliga katta mablagʻ sarflash strategiyasining bir qismi", deya atadi.

TOSHKENT, 13 yanvar - Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyaga qarashli juda koʻp muzokaralarga sabab boʻlgan 9M729 raketasi joylashtirilishiga qarshi joriy yilda javob berdi. Bu haqda N-tv nemis telekanaliga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

Tank SSHA M1 Abrams na voyennыx ucheniyax v Adaji - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Germaniya matbuoti NATOning Rossiyaga hujum qilish "repetitsiya"sini fosh qildi

"Rossiyaning SSC-8 tizimiga kelsak (NATO tasnifida 9M729), biz havodan hujum mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa tizimlari, konventsional qurollar, jangovar tayyorgarlikni oshirish va ogohlantirish vaqtini uzaytirish ustida ishlaymiz", deb aytgan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Uning soʻzlariga koʻra, alyans mamlakatlari mudofaa vazirlari allaqachon tegishli choralar toʻgʻrisida kelishib olishgan.

Stoltenberg 9M729 raketasini ishlab chiqilishini "Rossiyaning zamonaviy imkoniyatlarga, shu jumladan zamonaviy yadro quroliga katta mablagʻ sarflash strategiyasining bir qismi", deya atadi.

Uning soʻzlariga koʻra, NATO bunga javoban mutanosib mudofaa choralarini koʻrmoqchi. Shu bilan birga u, alyansning Yevropada yerda joylashtirilgan yadro quroliga ega yangi raketalarni joylashtir niyati yoʻqligini va qurol nazoratini kuchaytirishga intilishi haqida gapirgan.

Delo Skripaley 2.0: k chemu privedet diplomaticheskiy skandal mejdu Rossiyey i Germaniyey - Sputnik Oʻzbekiston
Video
NATO Rossiya bilan doʻstlashmoqchimi?

Amerika Qoʻshma Shtatlari va uning ortidan NATO ham, 9M729 raketasi - Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga zid, deb hisoblaydi, ularning fikricha – goʻyoki bu raketa 500 kilometrdan koʻproq masofani bosib oʻta olgani Qoʻshma Shtatlaring ushbu muhim xalqaro shartnomadan chiqishiga sabab boʻlgan.

Moskva, oʻz navbatida, AQShning shubhalarini bir necha bor rad etdi va 9M729ga qilingan daʼvolar – bu faqatgina shartnomadan chiqish uchun bahona ekanligini va buning sababi Xitoy chegaralari yaqinida oʻzining oʻrta masofaga moʻljallangan raketalarini joylashtirish istagi boʻlganligini taʼkidladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi AQSH 9M729 keng jamoatchilikka taqdim etilishidan bir necha yil oldin RSMD shartnomasidan chiqishga qaror qilganligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala