O‘zbekistonda pavlovniya daraxti plantatsiyalari uchun yer ajratiladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPosadka derevyev v parke
Posadka derevyev v parke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tez o‘suvchi va sanoatbop Pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish uchun yer maydonlari ajratiladi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. “Respublikada tez o‘suvchi va sanoatbop Pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda daraxt kesilishi bilan bog‘liq 203 ta noqonuniy holat aniqlandi

“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining respublika bo‘yicha tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metr chuqurlikda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda o‘rmon fondining suv tanqis yoki tuprog‘i sho‘r bo‘lgan yerlarida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil qilish bo‘yicha takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjatda.

Ishchi guruhining asosiy vazifasi:

- soha olimlarini jalb qilgan holda pavlovniya daraxtining biologik xususiyatidan hamda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, plantatsiyalar tashkil etiladigan hududlarni o‘rganib chiqish;

- kelajakda olinadigan xom-ashyo mahsuldorligini oshirish, qayta ishlashga va eksportga qulay sharoit yaratish maqsadida pavlovniya plantatsiyalarini barpo etish uchun har bir loyiha bo‘yicha kamida 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlarini ajratilishini tashkil etish;

- pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish uchun moliyalashtirish manbaalarini aniqlash;

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Daraxt kesishga moratoriy kiritiladi – yangi qonun

- amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakunida axborot taqdim etib borilsin.

Hujjatga respublika bo‘yicha tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metr chuqurlikda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda o‘rmon fondining suv tanqis yoki tuprog‘i sho‘r bo‘lgan yerlarida sinov tariqasida 2020-2024 yillarda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish prognoz ko‘rsatkichlari; pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish 2020-2024 yillarda talab qilinadigan ko‘chatlar miqdori prognoz ko‘rsatkichlari ilova qilingan.

Qaror loyihasida foydalanilmayotgan, zaxira maydonlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan pavlovniya yetishtiruvchi talabgorlarga yer maydoni tanlov o‘tkazmasdan tuman hokimlari qarori asosida ajratilishiga ruxsat berish haqida band keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0