Jamiyat

Prezident tashabbusi bilan 3 millionga yaqin maktab oʻquvchilari toʻgaraklarga jalb qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbekskiye shkolniki
Uzbekskiye shkolniki - Sputnik Oʻzbekiston
Prezidentning 5 ta tashabbusiga asosan maktablarda toʻgaraklar ochilgan, yoshlarni jismoniy chiniqtirish va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyilmoqda.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Prezidentning beshta tashabbusi doirasida maktablarda turli toʻgaraklar ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Ayni damda madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarga 779 ming, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 1,1 mln, axborot texnologiyalari yoʻnalishiga 444 ming, kitobxonlikka 264 ming nafar oʻquvchi hamda 377 ming nafar qizlar ijtimoiy faol hayotga jalb etilgan. Jami 2,9 mln. nafar oʻquvchi toʻgaraklarga jalb etilib, umumiy koʻrsatkich 47,5 foizni tashkil etmoqda, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Prezidentining 5 tashabbusi doirasida umumtaʼlim maktablarida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tashabbusning joriy etilishidan koʻzlangan asosiy maqsad va yoʻnalishlar aniq belgilab berilgan.

Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda “Zamonaviy maktab”larni tashkil etishga 4 trln soʻm sarflanadi

Jumladan, birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala