Besh yil faqat guruch va qalampir bilan ovqatlangan xitoylik qiz vafot etdi

© AP Photo / Ng Han GuanMashina skoroy pomoshi v Kitae
Mashina skoroy pomoshi v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh yil davomida faqat guruch va tuzlangan Chili qalampirini iste’mol qilgan xitoylik talaba qiz vafot etdi.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Besh yil davomida faqat guruch va tuzlangan Chili qalampirini iste’mol qilgan xitoylik talaba charchoqdan vafot etdi, deb xabar qildi South China Morning Post. RIA Novosti xabariga asosan.

Konteyneri v portu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShdan 200 milliardlik mahsulot sotib oladi

Qizning onasi to‘rt yoshida vafot egan, 14-yildan so‘ng esa otasi vafot etadi.

Shundan so‘ng u ukasini katta qilishga majbur bo‘ldi. Ruhiy kasalligi tufayli bola tibbiy yordamga muhtoj edi, opasi esa har oy 300 yuan (2,7 ming rubl) miqdorida yordam puli olgan. Bu qiyinchiliklarga qaramay, qiz kollejga o‘qishga kiradi, u yerda unga har yili yetti ming yuan (62,2 ming rubl) miqdorida stipendiya to‘lanadi.

Talaba va uning ukasi qarindoshlarining uyida yashaygan, ammo baribir moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Shu sababli, qiz besh yil davomida guruch va tuzlangan chili qalampiri bilan ovqatlanadi, bu qizning juda oriqlab ketishiga olib keldi: uning vazni 22 kilogrammni tashkil etgan. O‘tgan yilning oktabr oyida talabaga yurak va buyrak muammolari tashxisi qo‘yilgan edi. U xayriya tashkilotlariga murojaat qilishga majbur bo‘ldi va uning hikoyasi jamoatchilik e’tiborini tortdi. Umumiy hisobda bir million yuan (taxminan to‘qqiz million rubl) to‘plangan, ammo bu yetarli emas edi.

Shifokorlar qizni qutqara olmadilar. U 13-yanvar kuni vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0