Bojxona qo‘mitasi yagona to‘lov qay hollarda undirilishini tushuntirib berdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishAvtomobili na granitse
Avtomobili na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya – O‘zbekiston orasida qatnaydigan taksi haydovchilarining noroziligiga javoban Bojxona qo‘mitasi yangi soliq qay hollarda undirilishini tushuntirib berdi.

TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi, Qo‘mitas rasmiy xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, 13-yanvar kuni Rossiya va Uzbekiston  shaharlari orasida doimiy qatnaydigan haydovchilar hukumat tomonidan joriy etilgan yangi bojxona to‘lovlaridan norozi bo‘lib, Oliy Majlis binosi oldida to‘planishgan edi.

Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Jismoniy shaxslar uchun yagona bojxona to‘lovi stavkasi tasdiqlandi

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatnomalarida haydovchilar asosan, yangi boj stavkasi joriy etilganidan buyon har bir viloyatdan bir necha ming kishi ishsiz qolganini, ushbu bojlar Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlar uchun ham qimmatga tushayotganini aytib, prezidentdan yordam so‘rashgan edi.   

Bunga javoban Bojxona qo‘mitasi, yangi qonun qaysi holatlarda qo‘llanilishini batafsil tushuntirib bergan.

2019 yil 7-noyabrda qabul qilingan  “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-4508-son prezident qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga avtomobil transportida yoki piyoda kirib kelganda, umumiy qiymati 300 AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan yuklarning har bir kilogramidan 3 dollardan yagona boj to‘lovi undiriladi.

Samolyotda kirib kelgan yo‘lovchilar uchun ushbu to‘lov yuklar qiymati 2000 AQSh dollaridan oshganda, temiryo‘l transportida kirib kelgan yo‘lovchilar uchun – 1000 AQSh dollaridan oshganda olinadi.

Yangiliklar lentasi
0