Siyosat

Liviya qoʻmondoni Moskvada tinchlik shartnomasini imzolamadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVstrecha glavы MID RF S. Lavrova s komanduyuщim Liviyskoy natsionalnoy armiyey X. Xaftarom
Vstrecha glavы MID RF S. Lavrova s komanduyuщim Liviyskoy natsionalnoy armiyey X. Xaftarom - Sputnik Oʻzbekiston
Liviya muxolifat kuchlaridan biri, Milliy armiya qoʻmondoni Xalifa Xaftar Moskvada tayyorlangan tinchlik shartnomasini imzolamadi.

TOSHKENT, 14 yanvar - Sputnik. Liviya Milliy Armiyasining qoʻmondoni marshal Xalifa Xaftar Moskvadagi uchrashuv natijalari boʻyicha Fayyoz Sarrajning Tripoli hukumati bilan sulh bitimini imzolamadi, deya xabar beradi Liviya manbasi RIA Novostiga.

Situatsiya v Livii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Liviya mojarosi yuzasidan Moskvada uchrashuv oʻtkaziladi

Avvalroq Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yakuniy hujjatga mojaroning bir necha tomonlari (shu jumladan Sarraj va Oliy davlat kengashi rahbari Xolid Mishri) imzo chekkanini aytgan edi, ammo Xaftar qoʻshimcha vaqt talab qildi.

Kelishuv loyihasida aytilishicha, taraflar tomonidan barqaror sulh uchun aloqa liniyasini belgilashga kelishib olindi, hamda, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha ish olib borishadi.

Oʻtgan hafta Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Toyib Erdoʻgʻon Liviya boʻyicha mushtarak pozitsiyani kelishib oldilar, oʻt ochishni toʻhtatib, darhol muzokaralar uchun koʻrishishga chaqirdilar. Dushanba kuni Xaftar va Sarraj Moskvaga yetib keldilar.

Liviyadagi vaziyat

2011 yilda AQSH va NATO boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Liviyada amaliyot oʻtkazdi, natijada Muammar Qaddafiyning oʻldirildi va 40 yildan koʻproq vaqtdan beri mavjud boʻlgan tuzum agʻdarildi.

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi rahbari Aleksey Pushkov. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pushkov: AQSH “ID” uchun Liviya “darvozasini” ochib qoʻyib, endi unga qarshi kurashmoqchi

Shundan soʻng mamlakatda keskin inqiroz boshlandi. Sharqda Tobruk shahrida parlament xalq tomonidan saylanadi. Uni Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi (LNA) qoʻllab-quvvatlaydi. Gʻarbda, Tripolida, Sarraj boshchiligidagi BMT va Yevropa Ittifoqi koʻmagi bilan Milliy kelishuv hukumati (PNS) tashkil etilgan.

Ikkita hokimiyat va xavfsizlik tizimining qulashi qurolli qoʻzgʻolonchi guruhlar va terroristik tashkilotlarning faolligini oshishiga olib keldi. Markazlashtirilgan hokimiyat va birlashgan armiya yoʻqligi sababli Liviya kontrabanda markaziga, shuningdek, noqonuniy muhojirlarning Afrikadan Yevropaga oʻtish joyiga aylandi.

2019 yil 4 aprelda Haftar Tripoliga "terroristlardan ozod qilish" uchun hujum boshladi. Hukumatga sodiq boʻlgan qurolli kuchlar "Gʻazab vulqoni" operatsiyasi boshlanganini eʼlon qilishdi. Soʻnggi bir necha oy ichida bir necha yuzlab odamlar halok boʻldi va minglab odamlar jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala