O‘zbekiston Liga kubogi musobaqasiga tojik va qirg‘iz klublari taklif qilindi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOfitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18
Ofitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi xorijiy jamoalarni ichki sport musobaqaciga taklif qildi. Respublikalar futbol federatsiyalarga tegishli taklifnomalar yuborildi.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston futbol klublari O‘zbekiston Liga Kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun taklif etildi. Championat.Asia xabariga asosan.

Bolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha s Yaponiyey - Sputnik O‘zbekiston
Futbol, bukmekerlik va video yordamchi hakam tizimi: prezident qarori tayyorlandi

Respublikalar futbol federatsiyalarga tegishli taklifnomalar yuborildi.

O‘zbekiston PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, musobaqaga tojik va qirg‘iz klublarining qo‘shilishi har taraflama foydali bo‘lishi mumkin. Liga kubogida boshqa mamlakat jamoalari ishtirok etsa, bu orqali ular xalqaro o‘yinlarga sekinlik bilan ko‘nikma hosil qilib boradi.

Qo‘shni respublika jamoalarining qo‘shilishi muxlislar sog‘ingan derbilarni qaytarishi mumkin.
Shuningdek, futbol muxlislari sabab turizmda ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishi mumkin.

Keyinroq mazkur musobaqada Turkmaniston, Afg‘oniston jamoalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0