Qashqadaryoda 21 dona afsonaviy tarixiy tangalar topildi

© Sputnik / Valeriy MelnikovStarinnie moneti
Starinnie moneti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondidan 21 dona Naxshab tangalari o‘rin oldi. Tangalar eramizning IV-VI asrlariga taalluqli bo‘lib, Janubiy Sug‘d tangalari hisoblanadi.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondidan 21 dona Naxshab tangalari o‘rin oldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

O‘zbekiston o‘zining tarixiy va madaniy boyliklarga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyatining turli hududlaridan topilayotgan tarixiy va madaniy boyliklar jamoatchilik hamda dunyo ahli vakillarini tez-tez hayratga solmoqda.

Qayd etilishicha, topilgan mazkur tangalar eramizning IV-VI asrlariga taalluqli bo‘lib, Janubiy Sug‘d tangalari hisoblanadi.

© Ministerstvo Kulturi UzbekistanaStarinnie moneti nashli v Kashkadaryo
Qashqadaryoda 21 dona afsonaviy tarixiy tangalar topildi - Sputnik O‘zbekiston
Starinnie moneti nashli v Kashkadaryo

Bir xil nominaldagi tangalarda o‘z davriga xos bo‘lgan tasvirlar tushirilgan. Masalan, tangalardan  birining avers qismida Naxshab hokimining chapga qarab turgan tasvirini ko‘rish mumkin. Yuzining ancha cho‘ziqligidan u eftalitlar qiyofasiga mansub hukmdor degan xulosaga kelinmoqda.

Shuningdek, yana bir tangada sochi turmakli hukmdor orqa oyoqlarida turgan sherga kalta qilich sanchayotganligini ko‘rish mumkin.

Hayvon dumi yuqoriga qayrilgan, u hukmdor qo‘lidagi kalta qilichni old oyoqlari bilan urib tushirmoqchi bo‘lib turibdi. Hukmdorning egnida tizzagacha tushadigan, chamasi, himoya qiluvchi yopinchig‘i aks etgan.

Tangada shuningdek, yaqin Sharqlik Marduk bilan Tiamataning yakkama-yakka olishuvi manzarasini, podshohning afsonaviy mahluq ustidan g‘olib kelishi manzarasini ko‘rish mumkin.

Ushbu tasvir hukmdorning Naxshabda IV-VI asrlarda siyosiy, diniy hokimiyatga ega bo‘lish huquqining qonuniyligini ifoda etgan deyilmoqda xabarda.

Yangiliklar lentasi
0