YPX inspektori nega o‘qituvchini yerga yiqitib, majburan mashinaga o‘tqizgani oydinlashdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu holat Farg‘ona tumani hududidagi harbiy poligonda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda ro‘y bergan.

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. IIV YHXBB matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimi va fuqaro bilan bo‘lgan holatga munosabat bildirdi. Videoda xodim fuqaroni yerga yiqitib, avtomobilga o‘tqizmoqchi bo‘lgani tasvirlangan.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu holat Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududidagi harbiy poligonda 2020-yilning 11-yanvar kuni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda ro‘y bergan.

Mujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
“Kaptiva” haydovchici YPX inspektorining yuziga musht tushirdi

Tadbir sabab YPX xodimlari “Farg‘ona-Chimon” yo‘lini yopishgan vaqtida Oqbilol qishlog‘idagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini poligondagi tadbirga o‘qituvchilar hamrohligida avtobusda olib kelingan.

YPX inspektori maktab o‘qituvchilariga tadbir sababli yo‘l yopilganligini, rahbarlardan ruxsat so‘rash kerakligini aytgan. O‘qituvchi esa “menda ruxsatnoma bor, o‘tishim kerak” deb inspektorga qo‘pol muomila qilgan va inspektor bilan maktab o‘qituvchisi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, maktab o‘qituvchisi YPX xodimini haqorat qilganligi uchun xodim uni yerga yiqitib, patrul avtomobiliga o‘tqizmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holatni IIV YHXBB nazoratga olgan va ayni paytda xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0