Putin prezidentlikka nomzodlar uchun talablarni kuchaytirishni taklif qildi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishYejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu
Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-yanvar kuni o‘n oltinchi marta Rossiya Federal Majlisiga murojaatnoma yo‘lladi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Federal majlisiga yillik murojaatnoma yo‘llayotib, prezidentlikka nomzodlar uchun talablarni kuchaytirishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Putin davlat rahbari lavozimiga da’vogarlar Rossiyada kamida 25-yil yashashlari kerakligini ta’kidladi. Qolaversa, ularning boshqa davlat, jumladan, o‘tmishda fuqaroliklari bo‘lmasligi kerak.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishObrashenie prezidenta Rossii Vladimira Putina k Federalnomu sobraniyu RF
Putin prezidentlikka nomzodlar uchun talablarni kuchaytirishni taklif qildi - Sputnik O‘zbekiston
Obrashenie prezidenta Rossii Vladimira Putina k Federalnomu sobraniyu RF

Shuningdek, Rossiya rahbari bosh vazir va vazirlar nomzodlarini tasdiqlashni Rossiya Davlat dumasiga ishonishga chaqirdi. Shu bilan birga davlat rahbari ularni lavozimidan chetlashtirish huquqini saqlash qolishi lozim.

Prezidentning Federal majlisiga murojaatnomasi davlat rahbarining parlamentning har ikki palatasiga yillik murojaat qilishidir. Unda mamlakatdagi ishlar vaziyatiga baho beriladi va ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0