Dunyoda

Rossiya hukumati toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqadi - Medvedev

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastiye v zasedaniyax Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastiye v zasedaniyax Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston
Dmitriy Medvedev Rossiya prezidentining Federal Kengashiga yoʻllagan murojaatnomasidan soʻng hukumat toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Dmitriy Medvedev Rossiya prezidentining Federal Kengashiga yoʻllagan murojaatnomasidan soʻng oʻtkazilgan uchrashuvda hukumat toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqayotganini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Indiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Lavrov Rossiya iqtisodiyoti dollardan voz kechishi haqida soʻzlab berdi

Putin oʻz murojaatnomasida Rossiya Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha takliflar bergan edi.

Medvedevning soʻzlariga koʻra, taklif qilingan oʻzgarishlar ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati oʻrtasidagi muvozanatni oʻzgartiradi.

“Ushbu holatda ochiq koʻrinib turibdiki, biz Rossiya hukumati sifatida mamlakatimiz prezidentiga tegishli barcha qarorlarni qabul qilish imkoniyatini taqdim etishimiz kerak va hozirgi sharoitda, menimcha, Rossiya Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq, Rossiya hukumati toʻliq tarkibda isteʼfo berishi toʻgʻri boʻlardi”, - deb taʼkidladi Medvedev.

Rossiya yetakchisi yaqin vaqtda Vazirlar Mahkamasining har bir aʼzosi bilan uchrashishini aytdi.

Bundan tashqari, prezident Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari lavozimi joriy etilishi maʼlum qildi va bu lavozimni Dmitriy Medvedevga taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala