O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi, biroq chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaMatch tretyego tura gruppovogo etapa ChA po futbolu U-23 mejdu Uzbekistanom i Yujnoy Koreyey
Match tretyego tura gruppovogo etapa ChA po futbolu U-23 mejdu Uzbekistanom i Yujnoy Koreyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatidagi chorak final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreyaga qarshi kurash olib bordi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi chorak final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreyaga qarshi kurash olib bordi.

O‘yinning 5-daqiqasida raqib o‘yinchisi Jeong Seungvon uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. Qizg‘in kechgan bahsning 21-daqiqasida qanotdan uzatib berilgan to‘pni Bobir Abduxoliqov raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va hisob tenglashdi.

Ikkinchi bo‘limda Ox Sexun o‘zbektisonliklar darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa o‘yin raqiblarning foydasiga hal bo‘ldi.

Janubiy Koreya termasi 9 ochko bilan “S” guruhini birinchi o‘rinda yakunladi. O‘zbekistonliklar esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, chorak final ishtirokchisiga aylanishdi. Musobaqada Eron terma jamoasi ham 4 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. To‘plar nisbati borasidagi ustunlik O‘zbekiston jamoasiga foyda berdi. Shu tariqa Xitoy va Eron termalari musobaqani shu nuqtada yakunlashdi.

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaTurnirnaya tablitsa gruppi S na molodejnom chempionate Azii po futbolu
O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi, biroq chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
Turnirnaya tablitsa gruppi S na molodejnom chempionate Azii po futbolu
Yangiliklar lentasi
0