Dunyoda

Almazbek Atambayev rafiqasi va oʻgʻillari bilan uchrashdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovSupruga bыvshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa Atambayeva
Supruga bыvshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa  Atambayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Sobiq prezidenning oilasi bilan uchrashuvi Qirgʻiziston milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) tergov hibsxonasida boʻlib oʻtdi. Advokat Atambayev oʻzini qanday his qilayotganini aytdi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev rafiqasi Raisa va oʻgʻillari Seyitbek va Qodir bilan uchrashdi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev Sputnik Qirgʻizistonga maʼlum qildi.

“Uchrashuv seshanba, 14 yanvar kuni boʻlib oʻtdi. Almazbek Sharshenovich oʻzini yaxshi his qilmoqda, sogʻligʻidan shikoyat qilmayapti”, - dedi advokat.

Eks-prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayev oʻz maqsadiga erishdi – sudya qaror qabul qildi

Uning soʻzlariga koʻra, Atambayev Qoʻy-Toshda boʻlib oʻtgan voqealar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqqan.

Eslatib oʻtamiz,  7 avgust kuni Qirgʻiziston maxsus topshiriqli boʻlinmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Koʻy-Tosh qishlogʻida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qoʻlga olishga urinib, maxsus amaliyot oʻtkazishdi. Biroq uddasidan chiqa olishmadi, chunki sobiq prezidentning tarafdorlari qattiq qarshilik koʻrsatishdi. Ushbu hodisalar natijasida bir harbiy halok boʻldi. 8 avgust kuni uni qoʻlga olish amalyoti takroran oʻtkazildi. Natijada siyosatchi taslim boʻldi. Hozirda Atambayev va uning bir necha tarafdorlari hibsga olingan va jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala