Buxorodagi texnologiya institutida yong‘in chiqdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPojar
Pojar  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasining xabar qilishicha, yong‘inga bino tomidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti korpuslaridan birida yong‘in chiqdi. Alanga olgan bino aks etgan video “Potrebitel Buxara plyus” telegram kanaliga joylashtirilgan.

Bino chorshanba kuni tushlik vaqtida yongan. Videoda bino ichidan qora tutun osmonga ko‘tarilayotgani tasvirlangan.

Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar qilishicha, yong‘inga bino tomidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Yong‘inni bartaraf etishga ikkita qutqaruv bo‘linmalari ishtirok etgan. Hodisa joyiga viloyat va shahar FVV rahbarlari va Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi rahbariyati yetib kelgan.

Yong‘in natijasida yetkazilgan zarar aniqlanmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0