Siyosat

Lavrov Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari haqida: biz qogʻozda emas, amalda ittifoqchimiz

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishIspolnyayuщiy obyazannosti ministra inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ispolnyayuщiy obyazannosti ministra inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov Moskva davlat xalqaro munosabatlar univesitetining Toshkentdagi filialida nutq soʻzladi va jurnalist va talabalar savollariga javob berdi.

Talabalaridan biri Moskva va Toshkent oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning uchta asosiy yoʻnalishlari haqidagi savol berdi. Rossiyalik diplomat bu birinchi navbatda xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar sohaga tegishli ekanligini taʼkidladi.

Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"MGIMOga oʻqishga kiring": Lavrov yangi maqomi haqidagi savolga yumor bilan javob berdi

“Biz eng yuqori darajada, shu jumladan hukumatlararo komissiya va boshqa institutlar boʻyicha faol hamkorlik qilmoqdamiz. Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biri xavfsizlik masalalari - biz nafaqat strategik sheriklarmiz, balki ittifoqchimiz. 2005 yilda tegishli shartnoma imzolangan va u hanuzgacha amal qiladi. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda juda yaxshi istiqbollarga egamiz. Gumanitar loyihalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda Rossiyada 30 mingga yaqin oʻzbekistonlik talabalar tahsil olmoqda, shundan 6 ming nafari stipendiya olishmoqda. Oʻzbekiston rahbarining iltimosiga binoan biz byudjet asosida oʻqishga kirayotgan oʻzbekistonlik talabalarning sonini oshirish masalasini koʻrib chiqamiz”, - dedi Lavrov.

Diplomat, shuningdek, Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining bu uch jihatidan tashqari, ikki mamlakatning xalqaro maydonda koordinatsiyasiga eʼtibor berish kerakligini qoʻshimcha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Toshkent va Moskva global kun tartibining muhim jihatlari, xususan, Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha bir-xil pozitsiyaga ega.

"Oʻzbekiston ham, Rossiya ham asosiy narsa bu mamlakatdagi mojaroning barcha tomonlarini dinlararo, siyosiy va boshqa darajalarda yarashuvga erishish zarurligini tushunadi. Ammo Afgʻoniston taqdirini faqat uning xalqi hal qilishi mumkin, biz esa bu jarayonga hissamizni qoʻshamiz, lekin hech qachon ham oʻz fikrlarimizni zoʻrlab oʻtkazmaymiz" -  dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri v.b..

Lavrov oʻz nuqti yakunida, “ikki tomonlama strategik hamkorlik barcha shakllari shunchaki, tegishli hujjatlarda qogʻozda emas, balki amalda oʻz aksini topgan, hamda ular aniq raqamlar va faktlarga ega”, deb taʼkidladi.

Lavrov ob uzbeksko-rossiyskix otnosheniyax: mы soyuzniki na dele, a ne na bumage
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala