Milliy gvardiya bo‘linmalariga nomzodlar uchun talablar belgilandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlandi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun talablar belgilandi. Tegishli buyruq 13-yanvar kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Buyruqqa muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.

Nizomda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentga bo‘ysundirildi

- dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish;

- jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

- psixologik o‘rganish;

- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

Nizomga muvofiq, o‘rta yoki o‘rta-maxsus yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolar nomzod bo‘lishi mumkin:

- 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;

- muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;

- rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.

Yangiliklar lentasi
0