Rossiya yangi bosh vazirining tarjimai holi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta Federatsii RF
Zasedanie Soveta Federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliqchilik va axborot texnologiyalari sohasida ilg‘or mutaxassis, xokkey o‘ynash va pianino chalishni yaxshi ko‘radi - Rossiya yangi bosh vazirining tarjimai holi.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga yangi bosh vazir nomzodini kiritdi. U Federal Soliq boshqarmasi rahbari Mixail Mishustin.

Mixail Vladimirovich Mishustin 1966-yil 3-martda Moskvada tug‘ilgan.

Ma’lumoti

1989 yilda Moskva Davlat Texnologik universitetini (STANKIN) “injener-sistemotexnik” yo‘nalishi bo‘yicha yakunlagan. Aspiranturani ham shu universitetda yakunlagan.

2003 yilda Plexanov nomli Rossiya iqtisodiy akademiyasini tugatgan va “Rossiyada davlat soliq ma’muriyati” mavzusida dissertatsiya yoqlagan.

2010 yilda Rossiya Xalq xo‘jaligi akademiyasida Iqtisodiyot fanlari doktori unvonini olgan.

Ish tajribasi

1992 yildan boshlab Mishustin "Xalqaro kompyuter klubi" nomli tashkilotda ishlagan.  Bu notijorat tashkilot bo‘lib uning maqsadi xorijdan “eng ilg‘or zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb qilish” bo‘lgan. 1996 -1998 yillarda ushbu tashkilot boshqaruv raisi bo‘lgan.

1998 yildan boshlab Davlat Soliq inspeksiyasining rahbari Boris Fodorovning yordamchisi bo‘lgan. Soliq to‘lovlarini nazorat qiluvchi axborot tizimlari uchun javob bergan. Shu yilning avgustida Soliq inspeksiyasining rahbari o‘rinbosari bo‘lgan.

1999 – 2004-yillarda Soliq qo‘mitasi nomi o‘zgarishi munosabati bilan Soliq vazirlari Georgiy Boss, Aleksandr Pochinok va Gennadiy Bukayevlarning o‘rinbosari bo‘lgan.

2004 – 2006-yillarda Rosnedvijimost (Federal kadastr agentligi) rahbari lavozimida ishlagan.

2006 – 2008-yillarda Maxsus iqtisodiy hududlarni boshqaruvchi agentlik “RosOEZ”ga rahbarlik qilgan.

2008 – 2010-yillarda UFG Capital Partners nomli xususiy investitsion kompaniya prezidenti bo‘lgan. Ushbu lavozimda Mishustin turli venchur va ko‘chmas mulk fondlarini ishga tushurish, hududlarda biznesni rivojlantirish bilan shug‘ullangan.

2008 -2010 Bir vaqtning o‘zida Mishustin “Oliy iqtisodiyot maktabi” Davlat univestitetining ilmiy rahbari bo‘lgan.

2010 yilning aprel oyidan boshlab yana davlat xizmatiga qaytgan. Mishustin Federal Soliq xizmati rahbari lavozimiga tayinlangan.

Bir necha yil oldin teleboshlovchi Vladimir Pozner “Siz xususiy sektordan nima sababdan yana davlat ishiga qaytishga qaror qildingiz?” degan savoliga Mishustin - O‘shanda meni oldimga qiziq vazifa qo‘yishgan edi. Shuning uchun qaytganman, - deb javob bergan edi.

Yutuqlari 

Xaqiqatdan ham Mishustin davrida Rossiya Federal Soliq xizmati soliq to‘lovchilar uchun qulay tizimlar yaratish bo‘yicha maksimal darajada ildam qadam tashladi. FSXda shaxsiy kabinetlar, onlayn buxgalteriya olib borish tizimlari va boshqa ko‘plab qulayliklar yaratildi. Ayni damla FSX tizimida soliq to‘lovchilar uchun 50ga yaqin avtomatlashtirilgan elektron xizmatlar bor.

2018 yilning 1-oktabridan Yagona ko‘chmas mul reyestri ishga tushgan edi. 2020-yil oxiriga qadar 1926-yildan boshlab qayd etilgan barcha FXDYo yozuvlarini elektron ko‘rinishga keltirish rejalashtirilgan.

I darajali Rossiya davlat maslahatchisi. “Hurmat”, “Vatan uchun xizmatlari” ordenlari bilan mukofotlangan.

“Rossiya davlat soliqchiligining axborot-texnologik asoslari” nomli kitob muallifi.  

Boshqa ma’lumotlar 

SSKA xokkey klubi kuzatuvchi a’zosi, Rossiya Xokkey Federatsiyasi boshqarmasi a’zosi, Rossiya xalq xo‘jaligi akademiyasi ilmiy kengashi a’zosi.

2018 yilda rasman e’lon qilgan daromadlari 18,9 mln rublni tashkil qildi, turmush o‘rtog‘ining daromadi – 47 mln rubl.

Uylangan, 3 nafar o‘g‘li bor. Xokkey o‘ynash va pianino chalishni yaxshi ko‘radi.

Ochiq manbaalardagi ma’lumotra asosida tayyorlandi. 

Yangiliklar lentasi
0