Qaysi bozorda shakar arzon narxda sotilmoqda?

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSaxar
Saxar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi kuzatuvlariga ko‘ra Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da eng arzon narxda shakar xarid qilish mumkin.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Toshkentning “Farhod dehqon bozori”da xaridorlar shakarni arzon narxda sotib olishlari mumkin. Ushbu bozorda shakar 5200 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining axborot xizmati ma’lumot berdi.

Saxar - Sputnik O‘zbekiston
Shakar ochiq savdoga chiqarildi - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Ma’lum bo‘lishicha, shakarning maksimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” hamda  “Eski shahar dehqon bozori”da 6500 so‘mdan kuzatilgan.

Shuningdek, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bzori” hamda “Mirobod dehqon bozori” da ham shakarning narxi 6500 so‘mdan sotilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0