Sport

Oʻzbek sporti tarixida ilk bor: Toshkentda 2021 yil dzyudo boʻyicha JCH oʻtkaziladi

© NOKV 2021 godu v Tashkente proydet chempionat mira po dzyudo
V 2021 godu v Tashkente proydet chempionat mira po dzyudo - Sputnik Oʻzbekiston
Tegishli shartnoma Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizerning Oʻzbekistonga tashrifi davomida imzolandi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston 2021 yilgi kattalar oʻrtasida oʻtkaziladigan dzyudo boʻyicha Jahon chempionati mezmonlik qiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tegishli shartnoma Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizerning Oʻzbekistonga tashrifi davomida imzolandi.

Prezident IJF Marius Vizer, peredsedatel Federatsii dzyudo Uzbekistana Azizjon Komilov, ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov i ministr fizicheskoy kulturы i sporta Dilmurod Nabiyev podpisali protokol sotrudnichestva i soglasheniye v ramkax programmы Dzyudo v shkolax. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yana 20 ta maktabda dzyudo sektsiyalari paydo boʻladi

“Shu tariqa Toshkent oʻzbek sporti tarixida ilk bor dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan boʻldi”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, Marius Vizer xalqaro tashkilot musobaqa arafasida oʻzining navbatdagi Kongressini Toshkentda oʻtkazishni rejalashtirayotgani maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonning yana yigirmata umumtaʼlim maktabida “Maktablarda dzyudo” dasturi amalga oshirilishi va dastur boʻyicha joriy etilgan maktablar soni 40 taga yetishi xabar qilingan edi. Bitim Xalq taʼlimi vazirligi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala